Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Qozig‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Harorat kechalari +15…+18 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari +32…+35 daraja atrofida, janubda +36…+38 darajagacha bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublika hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari +20…+23 darajagacha, kunduz kunlari +36…+39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida +40…+41 darajagacha ko‘tarila boshlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14−15 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha 14−15 iyunda va 19 iyunda shamol, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

“14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.