Bloger Kirill Altman O‘zbekistondagi yirik injiniring markazida bo‘ldi. Altman u yerda kompaniya rahbariyatidan intervyu oldi, tuzilmasi bilan tanishdi, loyihalash bilan bevosita shug‘ullanadigan mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, UzLITI Engineering tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilish ishlari olib borilayotgan joylarga tashrif buyurdi.

Subtitrlarni yoqing

UzLITI Engineering kompaniyasi 2017 yil iyul oyida tashkil etilgan va O‘zbekistondagi yirik mustaqil injiniring markazi hisoblanadi. Zamonaviy loyihalash texnologiyalari asosida kompaniya neft-gaz, kimyo, energetika sohalari hamda fuqarolik infratuzilmasi obyektlari uchun raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Kompaniya xodimlari soni 500 ga yaqin odamni tashkil etadi, ulardan 180 nafari chet ellik mutaxassislar. Shuningdek, Kiyev shahrida ham kompaniyaning ofisi mavjud.

Kompaniya tomonidan quyidagi obyektlarni loyihalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:

  • M-25 konini obodonlashtirish ishlarinini tashkil etish va Boysun GQIZini qurish (Mahalliy tashkilot tomonidan O‘zbekiston hududida loyihalashtirilayotgan 1-gazni qayta ishlash zavodi);
  • Samarqand kimyo majmuasi;
  • O‘zbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi (500 km dan ortiq magistral gaz quvurlari);
  • Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish;
  • Buxoro viloyatida MTO asosida gaz-kimyo majmuasini qurish.

Reklama huquqlari asosida.