So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 303 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 13 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 813 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 317 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 99 733 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3372 nafar bemor davolanmoqda.