Milliy test tizimi atrofidagi mojarolar: Buxoro va Namanganda test savollari oldindan tarqalib ketgan

“Gazeta.uz” umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi atrofidagi mojarolarni o‘rgandi. Buxoro va Namangan viloyatlarida test topshiriqlari imtihondan oldin tarqalib ketgan.

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan.

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi

Prezidnet shu hafta oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 17−18 iyun kunlari Andijon viloyatiga boradi.

Raqqosalar bilan video uchun Sirdaryo hokimligi mas’ullariga ishdan bo‘shatish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi aytildi

Sirdaryo viloyati hokimligi tuman mutasaddilariga restorandagi raqqosalar bilan video uchun ishdan bo‘shatish kabi qat’iy chora qo‘llanilishini qayd etdi. Ularga “jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi” eslatib o‘tildi.

Jahon banki O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirishga $100 mln ajratadi

Jahon banki Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi shaharlarning munitsipal xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilash ishlari uchun $100 mln ajratadi.

Jomboydagi maktabda sinfxonalarni o‘quvchilar ta’mirlayotgani aytilmoqda (foto)

Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aytilmoqda.

Tozalash inshootlaridan taralayotgan badbo‘y hid tufayli 22 kishiga nisbatan ish ochildi

Toshkentda oqova suvlarni tozalash inshootlariga texnik suvlarni oqizish holati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’uliga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq, ayni shu sabab Sergeli tumanida badbo‘y hid taralayotgani haqida yozgan edik. Bir qator korxonalarning davlat ekologik ekspertizasi amal qilish muddatini oldindan to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

2021 yilgi Haj mavsumi ham xorijiy ziyoratchilarsiz o‘tadi

Saudiya Arabistoni 2021 yilgi Haj mavsumini xorijiy ziyoratchilarsiz, faqat mahalliy aholi uchun tashkil etilishi bo‘yicha qarorni qabul qildi. Bu Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyatning keskinlashuvi bilan bog‘liq. Hajga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarning navbati keyingi mavsum uchun saqlab qolinishi ma’lum qilindi.

“Otabek Sattoriy ishi”: Apellyatsiya shikoyati Samarqandda ko‘rib chiqiladi

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqiladi. Uning advokati ishni ko‘rib chiqish joyini o‘zgartirishni so‘rab, Oliy sudga ariza kiritdi.

Internetda tarqalgan video ortidan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari ishdan ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda raqqosalar bilan birga videosi tarqalgan Sirdaryo tumani hokimining o‘rinbosari Nurali Mirzayev va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganlikgini aytmoqda. Shifokor esa marhumning tanasida jarohat bo‘lmaganligini aytmoqda

Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.

“Qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun vijdonimni sotishga ham tayyorman”. Adliya vaziri — YTHlarni suratga olish haqida

Adliya vaziri yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarni suratga olganlarni rag‘batlantirish tizimi haqida: “Agar jamoat joyida odam noqonuniy xatti-harakat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, [qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun] kerak bo‘lsa, vijdonimni sotishga ham tayyorman”, — deya tushuntirdi. U huquqbuzarliklar haqida xabar berayotganlarni haroqat qilmaslikka chaqirdi va hozirgidek tinch zamonda yiliga minglab odamlar yo‘llarda o‘lib ketayotganini eslatib o‘tdi.