Xitoyning «Tyanven-1» tadqiqot missiyasi tarkibiga kiruvchi «Chjujun» marsoxodi Marsdan «selfi» va boshqa fotosuratlarni yubordi. Bu haqda 11 iyun kuni Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Uchta surat marsoxodning o‘z kameralari orqali olingan. «Selfi» uchun esa «Chjujun» qo‘nish maydonchasidan taxminan 10 m janubga harakatlanib, kamerani yuzada qoldirishi va dastlabki holatiga qaytishi kerak bo‘lgan.

Foto: Twitter/Chinese Mission to UN

Marsoxod shuningdek, Utopiya tekisligining qo‘nish joyidan panoramali fotosuratini va sathning boshqa rasmlarini suratga olgan. Bortdagi qo‘nish maydonchasi fotosuratida XXR bayrog‘ini va Pekin-2022 Olimpiadasining ramzlari — panda Bin Dundun va xitoy chirog‘i Syue Junjunni ko‘rish mumkin.

Foto: Twitter/CNSA

Avvalroq, Curiosity marsoxodi Marsdagi bulutlarning rasmlarini e’lon qilgan edi. «Erta» bulutlar deb nomlanuvchi mazkur bulutlar tarkibiy jihatdan Qizil sayyora uchun odatiy bulutlardan farq qiladi va quyosh botishida ko‘plab ranglar bilan porlaydi.