“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yagona aksiyadori qarori bilan Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Rahmonbek Usmonov (1960 yilda tug‘ilgan, Toshkent yo‘l instituti bitiruvchisi-1982) 2011 yildan 2018 yilning apreligacha Toshkent shahri hokimi sifatida ishlagan. O‘sha yilning aprelidan oktyabrigacha O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Undan keyin Yunusobod tumani xokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.

U 14 yanvar kuni transport vaziriga o‘rinbosar bo‘lgan edi.