11 iyun kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi jang qildi.

12 raundga mo‘ljallangan bahs birinchi raunddayoq yakuniga yetdi. Shohjahon Ergashev ilk raunddayoq zarbalar seriyasini namoyish etdi va raqibini muvozanatdan chiqardi. Referi esa shu zaxoti jang yakunlanganligini e’lon qildi. Shu tariqa, Ergashev Toshkentdagi jangini texnik nokaut bilan yakunladi.

Qayd etish lozimki, referi jangni yakunlagan paytda butun arena, bokschilar bahs davom ettirilishini talab qilishdi. Ammo, qaror o‘zgarmadi va Shohjahonning g‘alabasi e’lon qilindi.

Mazkur jangdan so‘ng Shohjahon Ergashev o‘zininng Instagram sahifasida hakamlardan noroziligini bildirdi.

Video