Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 529 608 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 551 822 doza, 2-bosqichda emlanganlar 945 654 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 32 132 nafarni tashkil qildi.

10 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 51 634 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 20 141 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 24 798, 3-bosqich emlanganlar 6695 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (303 344 doza), Namangan viloyatida (296 296 doza), Andijon viloyatida (295 752 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 287 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 10 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 892 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 331 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 98 923 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 704 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3265 nafar bemor davolanmoqda.