Bugun, 11 iyun kuni soat 07:50 da «Turkish Airlines» aviakompaniyasining Airbus A-320 havo kemasi «Urganch Xalqaro aeroporti» ga kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda Xorazm viloyati transport boshqarmasi.

Foto: Xorazm viloyati transport boshqarmasi

Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha «Turkish Airlines» aviakompaniyasining ilk parvozi tantali ravishda kutib olindi.

Ma’lumotga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni amalga oshiriladi.