“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi

Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha “Turkish Airlines” aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi. Endilikda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni bo‘lishini rejalashtirilgan.

USAID missiyasi birinchi direktori O‘zbekistonga yetib keldi

Mikaela Meredit o‘tgan yili ochilgan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori bo‘ldi.

Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlandi

Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Bek baraka” bozorida firibgarlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi

“Bek baraka” bozorida savdo qiluvchilardan shu joyda ishlashi uchun har oyda 100 dollar miqdorida tovon puli talab qilib, shu yo‘l bilan savdo qiluvchilardan jami 9 mln so‘m miqdorda pul olganlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular savdo qiluvchilarga talab bajarilmagan taqdirda savdo rastasi faoliyatini cheklash bilan tahdid qilishgan.

16−17 iyun kunlari Tatariston prezidenti Toshkentga keladi

Iyun oyining o‘rtalarida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda. Ikki davlat yetakchilari respublikalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Qolaversa, 25 dan ortiq kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya Tatariston-O‘zbekiston biznes forumida ham qatnashadi.

Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “Qizil kitob” ga kiritilgan 10 dona Amudaryo katta kurakburun baliq turiga kvota ajratilgan. Biroq, Amudaryo katta kurakburuni baliq turini ovlashga ruxsat berish bo‘yicha ariza kelib tushmagan va ruxsatnoma ham rasmiylashtirilmagan.

2 ta OTMga rektor tayinlandi

Bahodirjon Shermuhammadov Farg‘ona davlat universitetiga va Dilnoza Xodjayeva Qo‘qon davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi.

Navoiyda 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun 1 gektar yerni 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Viloyatdagi yana bir holatda, fermer o‘ziga tegishli maydondan 6 gektarini 90 mln so‘mga pullashga urindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Qozon federal universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

Jizzax viloyatida Rossiyaning eng qadimgi universitetlaridan biri — Qozon federal universitetining filiali ochiladi. Tegishli bitim dushanba kuni Qozonda, O‘zbekiston delegatsiyasining tashrif chog‘ida imzolandi. Mazkur universitetda hozirgi kunga kelib, 300 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi.

Tojikistonda quriladigan ikkita GESning qiymati 550 mln dollarga baholanmoqda — Alisher Sultonov

Energetika vaziri Alisher Sultonovning xabar berishicha, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari qurilishi haqida kelishib olgan ikkita gidroelektrostansiyaning qiymati 550 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, GESlar O‘zbekiston ehtiyoji uchun 1,4 milliard kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

“Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori” — Tojikiston prezidenti

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Xo‘jand yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyida So‘g‘d viloyati ziyolilari va nuroniylari bilan uchrashdi. “Davlatlarimiz o‘rtasida hal bo‘lmagan masala qolmadi, o‘zaro ishonch paydo bo‘ldi. Bunday munosabatlarning tashabbuskori va arxitektori Shavkat Mirziyoyev”, — dedi Emomali Rahmon.

“Ma'lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz” — IIV

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistondagi zo‘ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasiga mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyatlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotni berishdan bosh tortdi. “So‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz”, — deyiladi IIV javobida.

Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi

Markaziy bank hududlardagi banklarda plastik kartalari mavjud fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda kuzatilgan qoidabuzarliklar sababli 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan ushlanish vaqtida vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etdi. Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanovning ta’kidlashicha, inspektorlar unga nisbatan kuch ishlatgan. Ichki ishlar vazirligi esa soliqchini kasalxonaga olib borishga urinish paytida sog‘lig‘i keskin yomonlashganini ta’kidlamoqda.

Emlash tadbirlarida ishlatiladigan vositalar uchun deyarli 6,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan

Emlash tadbirlarida foydalaniladigan vositalarni xarid qilish uchun 6 mlrd 782 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu kungacha, 9,5 mln O‘zbekiston aholisi (deyarli 30%) PZR testlar topshirgan. Emlash jarayonlarida 4536 nafar shifokor qatnashmoqda.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Yevro-2020: o‘yinlar taqvimi, turnir formati, musobaqa bo‘lib o‘tadigan shaharlar haqida

11 iyundan 11 iyulgacha Yevro-2020 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. “Gazeta.uz” ushbu musobaqa formati, turnirdagi o‘yinlar taqvimi, futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan shaharlar haqida batafsil ma’lumot beradi.