Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 477 974 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 531 681 doza, 2-bosqichda emlanganlar 920 856 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 25 437 nafarni tashkil qildi.

9 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 44 440 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 19 971 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 17 658, 3-bosqich emlanganlar 6811 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (298 743 doza), Namangan viloyatida (290 941 doza), Andijon viloyatida (288 820 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 243 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 9 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 605 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 191 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 98 592 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 702 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3311 nafar bemor davolanmoqda.