Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi dasturi e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida Dushanbedagi qator tadbirlarda ishtirok etadi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashadi va So‘g‘d viloyatiga tashrif buyuradi. 30 dan ortiq hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi

Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.

Reklama bannerlarining buzilishi odamlar hayotiga xavf tug‘dirmoqda

Toshkentda reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari odamlar xavfsizligini ta’minlash talablarini buzgan holda davom etmoqda. G‘afur G‘ulom bog‘i yonidan o‘tayotgan Spark avtomobili ustiga reklama banneri tushib ketdi. S1 da esa konstruksiya piyodalar o‘tish joyiga tashlab yuborildi.

Samarqandning ayrim hududlari va Navbahor tumanida suv jadval bo‘yicha yetkaziladi

Samarqandning ayrim mahallalari va Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suv vaqtinchalik jadval asosida beriladi. Bu ichimlik suvi, yer osti suvlari zaxiralari kamaygani hamda suv iste’moli hajmining oshgani bilan bog‘liq.

Prezident Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi. Kutubxona 3 qavatli bo‘lib, unda san’at va axborot texnologiyalari, tarix, filologiya va din hamda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan taqdimotga ko‘ra, ushbu kutubxona prezident kutubxonasi maqomida ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari Urganchda o‘rnatiladigan al-Xorazmiy haykali va Toshkentda o‘rnatiladigan Botir Zokirov haykali eskizlari bilan tanishdi.

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki

Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.

Radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar auksionga joylashtirila boshlandi

Elektron auksion savdolariga radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar joylashtirila boshlandi. Joylashtirilgan ilk lotdagi yer Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda 4 ta videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

Yangi o‘quv yilidan ota-onasi yo‘q qizlar va boquvchisi yo‘q ayollarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

O‘zbekistonda 2021−2022 o‘quv yilidan boshlab ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning kontrakt pullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasasi hisobidan to‘lab beriladi.

“Nimaga yer berilmasligi kerak?”. Ruslanbek Davletov investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqida

Prezidentning yer munosabatlarini tartibga solishga oid farmoniga ko‘ra xorijiy investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqidagi muhokamalarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov munosabat bildirdi. “Nimaga yer berilmasligi kerak?”, — dedi u. Qolaversa, vazir chet elliklarga faqat noqishloq maydonlardan yer berilishi ko‘zda tutilganini qayd etdi. Biroq, u aytgan tartib farmonda mavjud emas.

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgani ma’lum qilindi. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Muborak tumani hokimi ishdan olindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi yig‘ilishda Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini Qarshi tumani hokimining o‘rinbosari Akram Aripov egalladi.

Chiroqchida “svet” o‘chishi muammolari sababli aholi poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Chiroqchi tumani “Ayratom” qishlog‘i aholisi elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi sabab poyezd yo‘lini to‘sib qo‘ydi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” bunga tuman hokimi ushbu muammoni hal qilish uchun qishloq aholisi bilan uchrashmaganligi sabab bo‘lganligini ta’kidladi. Tuman hoqimligi esa temiryo‘l to‘sib qo‘yilgan paytda hokim boshqa mahallaga ketayotgani va voqeadan xabar topgach, hududga borganini aytmoqda.

YHXB Toshkentda Spark ustiga reklama banneri qulagan holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari Spark avtomobili ustiga demontaj qilinayotgan reklama banneri qulaganligi holati yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha vaziyatga huquqiy baho beriladi.

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Teatrning sobiq direktori Mirza Azizov 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda

Birinchi O‘zbekiston — Tojikiston investitsiyaviy forumi Boxtarda bo‘lib o‘tdi. Unda 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston jamg‘armasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Forum yakunida avtomobil va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha bitimlar ham imzolandi.

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.

Nukusdagi g‘isht zavodida ishlaydigan mahbuslarga 3 oydan beri oylik berilmagani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi g‘isht zavodlaridan birida mehnat qilayotgan mahbuslarga mart-may oylari uchun ish haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlari to‘lab berilishiga erishildi.

3−7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimal havo haroratlari rekordi yangilandi

Iyun oyi boshida Toshkent shahrida kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi.

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi

10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni “Aeroflot” tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda FVV xodimi fuqarolarni qutqarish vaqtida halok bo‘ldi

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qatar “Doha-Toshkent-Doha” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi.