Oliy Majlis Qonunchilik palatasi cpikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida o‘zining LGBT hamjamiyati a’zolarini fuqarolikdan mahrum qilish zarurligi va kelib chiqadigan nizo haqidagi bayonotlariga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Amir Temur xiyobonidagi tartibsizliklar, LGBT faollariga qarshi miting bo‘lib o‘tgach, vitse-spiker Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozlik) ni kuchaytirish zarurligini aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, LGBT hamjamiyati a’zolarini mamlakatdan chiqarib yuborishdan tortib, majburiy davolash, qamoq, mamlakat fuqaroligini bekor qilish kabi choralarni ko‘rish kerak.

Ko‘p o‘tmay, deputat Birinchi rezinotexnika zavodinining press-turi paytida jurnalist Nikita Makarenko bilan to‘qnashgan. Alisher Qodirov salomlashish uchun qo‘lini uzatgan, Nikita Makarenko esa «fuqaroligini olib tashlash va vatandoshlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirayotganlar bilan qo‘l berib so‘rashmasligini» aytgan. Ziddiyatning ikkala tomoni ham o‘zlarining Telegram-kanallarida voqea haqida izoh berishgan.

«Jarayon yaxshi niyat bilan boshlangandi. Nikita Makarenko mening bayonotlarimdan g‘azablanganligini bilardim, bu unga juda yoqmagan. Hech qisi yo‘q, men o‘z fikrimni bildirishga haqqim bormi? Men bildirdim. Ammo u ham o‘z fikrini bildirish imkoniyatiga ega edi. Va men munozarani, dialogni taklif qildim. O‘tirib gaplashish kerak edi», — dedi «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari.

Vitse-spiker bayonotlarida «o‘zbek jamiyati yuz yildan keyin ham tan olmaydigan», aholining faqat bir qismini chiqarib yuborishni taklif qilganini tushuntirdi.

«O‘zbeklar zamonaviylasha oladi, o‘zbeklar o‘zlarining dunyoqarashlarini o‘zgartirishi mumkin, ammo o‘zbek jamiyati besoqolbozlik bilan shug‘ullanish yoki erkak bilan turmush qurish huquqini hech qachon qabul qilmaydi, hatto yuz, ming yillar o‘tsa ham, bunday bo‘lmaydi. Men bunga aminman», — deya qo‘shimcha qildi deputat.

«U holda, nima uchun bu odamlarni qiynab, ularni tan olmagan, haydab chiqarayotgan va kuch ishlatilgan paytda ularni shu jamiyatda yashashga majbur qilish kerak? Men buning tarafdori emasman. Menimcha bu provokatsiya. Buni bizning jamiyatimizga qoldirish kerak emas. Muammoni hal qilish kerak. Va mening qarorim shunchaki men o‘ylab topgan narsa emas, bu dunyo amaliyotidir. Haydash 26 mamlakatda qo‘llaniladi, Eronda — ular qatl etiladi, masalan, Saudiya Arabistonida — ular qatl etiladi», — deya ta’kidladi Alisher Qodirov.

Uning ta’kidlashicha, ushbu takliflardan so‘ng yuzga yaqin LGBT hamjamiyati a’zolari unga «o‘z minnatdorchiligini bildirib», ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilishgan.

«Ular: „Bu to‘g‘ri. Hozirda O‘zbekistonni qoralayotgan davlatlarga viza ola olmayapmiz. Biz shunaqa ekanligimiz sababli bu jamiyatda bizga ozor berishayotganiga ishora qilamiz“ deyishdi. Agar biz jamiyatimizda bunday odamlar yashay olmasligini ta’minlovchi qonunni qabul qilsak, biz bu odamlarga normal jamiyatda yashashlariga yordam bermaymizmi? Men qatllarning tarafdori emasman, ularga yordam berishni taklif qilyapman», — dedi vitse-spiker.

«Qonun chiqaruvchi sifatida shuni aytmoqchimanki, bu odamlarning yashashi shunchaki imkonsiz, bizning jamiyat buni tan olmaydi. Va bu qisqa vaqt ichida o‘zgarishiga ishonchim komil emas. Shunday qilib, keling, bu odamlarga yordam beraylik. Boshqalar tezda qabul qilishi uchun ularni fuqarolikdan mahrum qilish uchun», — deya xulosa qildi deputat.

Eslatib o‘tamiz, Rasul Kusherbayev ham LGBT vakillari haqida gapirib, bir jinsdagi munosabatlarni qonuniylashtirilgan kun «bizning o‘lganimiz bo‘ladi» deya ta’kidlagan edi.