Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7−10 darajaga yuqori bo‘lgan, Eron hududlaridan kirib kelgan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Seshanba kuni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Havo harorati kechalari 24−27° atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34−38° ni, respublikaning eng janubida 41−43° gacha ni tashkil etadi.

Bunday harorat foni haftaning oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20−25° ni, kunduz kunlari 34−39° ni, respublikaning eng janubida 41−43° gacha ni tashkil etadi.

Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li huddularda konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

8−9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.