Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi tiklanishi ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston huqumat vakillari Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Coca-cola ichimligi Uzbekiston davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.

Shavkat Mirziyoyev 10−11 iyun kunlari Tojikistonga boradi

Prezidnet shu hafta chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.

O‘zbekistonlik qo‘l jangchilar Jahon chempionatida bugun 8 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

Mening munosabatlarim noto‘g‘ri talqin qilinadi — Alisher Qodirov

Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov turli mavzularda qilgan munosabatlari “mutlaqo boshqacha talqin qilinishi"ni ta’kidladi. Deputatning fikriga ko‘ra, “o‘zbek segmenti bilan rus segmentiga qaraganda dialog qilish osonroq”. “Men rusiyzabon auditoriya bilan oxirigacha kelisha olmayapman. Menda dialog o‘xshamayati. Men buning ustida ishlamoqdaman”, — deydi u.

XAEA O‘zbekistonning AES loyihasi bo‘yicha yutuqlarini yuqori baholadi

Yadro infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha XAEA missiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilish loyihasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatlarga erishgan, ammo shunday bo‘lsa-da, yadro xavfsizligi bo‘yicha yana bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi kerak.

“Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov UzAuto Motors masalasida: “Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida”, — deya ta’kidladi. Uning fikricha, “odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli”. Biroq, deputat hozircha bojxona boji bekor qilinishi tarafdori emas. “Biz o‘zimizni odamlarni avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilayapmiz”, — dedi u.

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish amaliyoti bekor qilinadi

1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti bekor qilinadi. Davlat organ va tashkilotlari STIRni soliq organidan mustaqil ravishda so‘rab oladi.

Samarqand YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga kiritildi

Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining shaharlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 3 mlrd yevrolik dasturiga kirgan O‘zbekistonning birinchi shahri bo‘ldi. Shaharga elektrobuslar sotib olinib, ekologiyani yaxshilash bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

“Men bu odamlarga yordam bermoqchiman”. Alisher Qodirov LGBT vakillarini mamlakatdan chiqarib yuborish taklifi to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Alisher Qodirov LGBT hamjamiyati a’zolarini fuqarolikdan mahrum qilish zarurligi to‘g‘risidagi takliflariga izoh berdi. Uning fikriga ko‘ra, “bunday odamlar 100 yildan keyin ham o‘zbek jamiyatida yashay olmaydi, shuning uchun ularga yordam kerak”. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning bayonotlaridan so‘ng, yuzga yaqin LGBT vakillari unga minnatdorchilik bilan murojaat qilishgan.

O‘zbekistonda deyarli 350 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 348 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘ldi. Ularning aksariyati AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi

Yevropa ittifoqi O‘zbekistonga agrooziq-ovqat sektorini qo‘llab-quvvatlash va qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga 11 mln yevro ajratdi.