So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 242 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 6 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 964 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 147 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 97 861 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.