Tamaki har yili 8 milliondan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ladi. Chekmaydiganlarga qaraganda chekuvchilarda COVID-19ning og‘irroq kechish xavfi yuqori ekanligi haqida dalillar paydo bo‘lgandan so‘ng, millionlab odamlar chekishni tashlashga qaror qilishdi.

«Tamakidan voz kechishning afzalliklari deyarli darhol seziladi. Chekishni to‘xtatgandan keyin 20 daqiqa o‘tgach, yurak qisqarishi chastotasi pasayadi. 12 soat ichida qondagi uglerod monooksidi darajasi normagacha pasayadi. 2−12 hafta ichida qon aylanishi yaxshilanadi va o‘pkaning faoliyati normallashadi», — deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytida.

«1−9 oy ichida yo‘tal va nafas qisilishi kamayadi. 5−15 yil ichida insult xavfi chekmaydigan odamdagi xavf darajasigacha kamayadi. 10 yil ichida o‘pka saratonidan o‘lish xavfi chekuvchilarga qaraganda ikki martaga kamayadi. 15 yil ichida yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish xavfi chekmaydigan odamdagi xavf darajasigacha kamayadi. Agar bular yetarli bo‘lmasa, mana yana bir nechta sabablar!», — deya sabablarni keltiradi JSST.


Chekishni tashlash uchun 100 dan ortiq sabablar

1. Chekuvchilarda COVID-19 xastaligining og‘ir kechishi va uning natijasida o‘lim holatlari xavfi yuqoriroq.

Tamaki tashqi ko‘rinishingizga salbiy ta’sir qiladi

2. Hamma narsa — teringiz, kiyimingiz, barmoqlaringiz va nafasingiz, butun uyingiz yoqimsiz hid bilan to‘yinadi.

3. Tamaki tishlarning sarg‘ayishini va milklarda tosh hosil bo‘lishini keltirib chiqaradi.

4. Tamaki chekish va tutunsiz tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish og‘izdan yomon hid kelishiga sabab bo‘ladi.

5. Tamaki ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi, natijada siz yoshingizga nisbatan kattaroq ko‘rinasiz. Chekish teriga elastiklik beradigan oqsillarning parchalanishi, qon aylanishining buzilishi, A vitaminining pasayishiga olib keladi, buning natijasida teri erta qarishni boshlaydi.

6. Bu ajinlar lablar va ko‘zlar atrofida ko‘proq seziladi. Tamaki shuningdek terini qo‘pol va quruq qiladi.

7. Tamaki chekish psoriaz — yuqumsiz teri kasalligi xavfini oshiradi, bunda butun tanada qichiydigan qizil dog‘lar paydo bo‘ladi.

Chekish nafaqat sizning sog‘lig‘ingizga, balki do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz sog‘lig‘iga ham zarar

8. Har yili 1 milliondan ortiq odam passiv chekishdan (tamaki tutuni) vafot etadi.

9. Tamaki ta’sirida qolgan chekmaydigan odamlarda o‘pka saratoniga chalinish xavfi yuqoriroq.

10. Sigaretlar tasodifiy yong‘inlar va ular bilan bog‘liq o‘limlarning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

11. Elektron sigaretalar ham atrofdagi odamlarni nikotin va boshqa zararli kimyoviy moddalar ta’siri xavfiga yo‘liqtiradi.

12. Passiv chekishda tamaki tutunidan ta’sirlanish sil kasalligining faol ko‘rinishiga o‘tish xavfini oshirishi mumkin.

13. 2-toifa diabetga chalingan odamlar passiv chekishda tamaki tutuni ta’siriga ko‘proq uchrashadi.

Bolalar orasida chekish yoki elektron sigaretdan foydalanish ularning salomatligi va xavfsizligiga tahdiddir

14. Chekuvchilarning farzandlarida ko‘pincha o‘pka funksiyasi pasaygan bo‘ladi, bu natijada katta yoshda surunkali respirator kasalliklarga olib keladi.

15. Elektron sigaret suyuqligi ko‘rsatadigan ta’sir bolalar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Qurilmalar oqishi va bolalar suyuqlikni yutishi xavfi mavjud.

16. Elektron sigaretlarning yonishi va portlashi natijasida jarohatlanish, jumladan kuyish holatlari qayd etilgan.

17. Passiv chekishda tamaki tutunining zararli ta’siriga duchor bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarda nafas yo‘llarining yallig‘lanishi oqibatida astma rivojlanishi xavfi yuqori.

18. Passiv chekishda uyda tamaki tutuni ta’siridagi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘rta quloqning yallig‘lanishi rivojlanishi mumkin, natijada eshitish qobiliyati pasayadi va karlik paydo bo‘ladi.

19. Chekishdan voz kechish bolalardagi passiv chekish bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklar, masalan, respirator kasalliklar (astma) va otit xavfini kamaytiradi.

Tamaki chekish salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib keladi

20. Siz farzandlaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz uchun yaxshi namuna bo‘lishni istaysiz.

21. Tamaki chekish o‘zaro ijtimoiy aloqalar va munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

22. Chekishdan voz kechish kishi uchun hech qanday cheklovlar bo‘lmasligini anglatadi — sizda chekish uchun chetga o‘tish yoki tashqariga chiqish zarurati bo‘lmaydi, va jamoat joylarida erkin bo‘lishingiz mumkin.

23. Chekishdan voz kechish mehnat samaradorligingizni oshirishi mumkin — chekish uchun ishdan chalg‘ishingiz shart bo‘lmay qoladi.

Chekish moliyaviy xarajatlarга ham sabab bo‘ladi — siz bu pullarni muhimroq narsalarga sarflashingiz mumkin edi

24. Bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, chekuvchilar o‘rtacha 1,4 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflaydilar, bunga sigaret sotib olish, tibbiy xizmat va dori-darmonlarga xarajatlar va chekish/passiv chekish bilan bog‘liq ish haqining pastligi kiradi.

25. Tamaki chekish xodimlarning sog‘lig‘i va mehnat samaradorligiga ta’sir qiladi, ishdan qolish ehtimolini oshiradi.

26. Tamaki chekish kambag‘allikka olib kelishi ham mumkin, chunki uy xo‘jaliklari oziq-ovqat va uy-joy kabi asosiy ehtiyojlarni qondirish o‘rniga tamakiga pul sarflashlari kerak bo‘ladi.

27. Tamaki chekish tamaki bilan bog‘liq kasalliklarni davolash hamda kasallik va o‘lim tufayli mehnat resurslarini yo‘qotish ko‘rinishida jahon iqtisodiyotiga sog‘liqni saqlash xarajatlari uchun 1,4 trln AQSh dollariga teng qo‘shimcha yuklamani keltirib chiqaradi.

Chekish bepushtlikka olib kelishi mumkin

28. Chekuvchilar boshqalarga nisbatan ko‘proq bepushtlikdan aziyat chekishadi. Chekishni tashlash homiladorlik, muddatidan oldin tug‘ilish, kichik vazn bilan tug‘ilish va bola tushishi kabi muammolar bilan bog‘liq xavf omillaridan birining yo‘q qilinishini anglatadi.

29. Chekish erektil disfunksiyani keltirib chiqarishi mumkin. Chekish jinsiy olatda qon aylanishini cheklaydi, bu esa ereksiyaga xalaqit beradi. Erektil disfunksiya chekuvchilar orasida ko‘proq uchraydi va agar erkak yoshligida chekishni tashlamasa, bu muammo davom etishi yoki doimiy bo‘lib qolishi mumkin.

30. Chekish erkaklardagi spermatozoit soniga, harakatchanligiga va shakliga ham salbiy ta’sir qiladi.

Tamaki mahsulotlarining барчаси o‘lim xavfini keltirib chiqaradi

31. Har yili tamaki iste’molidan 8 milliondan ortiq odam vafot etadi.

32. Tamaki o‘z iste’molchilarining yarmini o‘ldiradi. Har qanday tamaki mahsulotidan foydalanish sog‘lig‘ingizni yomonlashtiradi va jiddiy kasalliklarga olib keladi.

33. Chilim chekish ham tamaki chekishning boshqa usullari singari zararli hisoblanadi.

34. Chaynaladigan tamaki og‘iz saratoniga, tishlarning tushishiga, tish emalining qorayishiga, tish milkidagi oq dog‘larga va parodontitga olib kelishi mumkin.

35. Tutunsiz tamaki mahsulotlarini chekishda ular tarkibidagi nikotin sigaret chekishga qaraganda tezroq so‘riladi, bu esa tamakiga ko‘nikishni tezlashtiradi.

Tamaki sotib olib, siz fermerlar va bolalarni ekspluatatsiya qiladigan va kasallik hamda o‘limнинг ko‘payishiga hissa qo‘shadigan sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaysiz

36. Tamaki yetishtiruvchi fermerlar ko‘pincha teriga singib ketadigan nikotin, shuningdek, pestitsidlar va tamaki changlari ta’sirida turli kasalliklarga duch kelishadi.

37. Ba’zi mamlakatlarda tamaki yetishtirish bilan bolalar shug‘ullanishadi, bu nafaqat ularning sog‘lig‘iga, balki maktabga qatnash imkoniyatiga ham ta’sir qiladi.

38. Tamaki chekish kambag‘allik muammosini chuqurlashtirishi mumkin, chunki tamaki iste’molchilarida saraton va u bilan bog‘liq erta o‘lim, yurak xuruji, nafas olish yo‘llari va boshqa kasalliklarga yo‘liqish xavfi yuqoriroq bo‘ladi, buning oqibatida ular oilalarini kerakli daromaddan mahrum qilishadi va tibbiy xizmat xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilishadi.

39. Yirik tamaki kompaniyalari katta foyda olib turgan bir paytda tamaki sektorida ishdaydigan odamlarning katta qismi umuman juda kam daromad oladilar.

Иситиладиган tamaki mahsulotlari sog‘liq uchun zararli

40. Isitiladigan tamaki mahsulotlari (ITM) iste’molchilarni toksik chiqindilar ta’sirida qoldiradi, ularning aksariyati saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

41. Isitiladigan tamaki mahsulotlari o‘z-o‘zidan tamaki mahsuloti hisoblanadi, shuning uchun an’anaviy tamaki mahsulotlaridan ITMga o‘tish chekishni tashlashni anglatmaydi.

42. Isitiladigan tamaki mahsulotlarining odatdagi sigaretalarga qaraganda zarari kamroq ekanligi haqidagi da’volarni tasdiqlovchi dalillar yetarli emas.

Elektron sigaretalar sog‘liq uchun zararli va ular xavfsiz emas

43. Elektron sigaretadan foydalanadigan bolalar va o‘spirinlarning kattalik davrida chekish ehtimoli kamida ikki baravar yuqoriroq.

44. Elektron sigaretdan foydalanish yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklari xavfini oshiradi.

45. Elektron sigaretalar tarkibidagi nikotin kuchli ko‘nikishni keltirib chiqaradi va bolalarning rivojlanayotgan miyasiga zarar yetkazishi mumkin.

Tamaki iste’moli, ayniqsa chekish, ko‘krakni to‘ldirib nafas olishimizga xalaqit beradi

46. Tamaki iste’mol qilish dunyo bo‘ylab saraton kasalligidan o‘lim holatlarining 25%ning sababchisidir.

47. Chekuvchilarda umri davomida o‘pka saratoniga chalinish ehtimoli chekmaydiganlarga nisbatan 22 baravar ko‘p. Tamaki chekish o‘pka saratonining va dunyo bo‘ylab o‘pka saratonidan o‘limning uchdan ikki qismining asosiy sababidir.

48. Tamaki chekuvchilarning har beshinchisida hayoti davomida surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi rivojlanadi, ayniqsa chekishni bolalik va o‘spirinlik davrida boshlaganlarda, chunki tamaki tutuni o‘pkaning o‘sishi va rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi.

49. Chekish faollikni cheklash, nogironlik va tez yordam talab qiluvchi og‘ir astma xurujlari xavfini oshirish orqali katta yoshdagilarda astmani kuchaytirishi mumkin.

50. Tamaki chekish sil kasalligini yashirin ko‘rinishdan faol ko‘rinishga o‘tish xavfini ikki barobardan ko‘proq oshiradi va kasallikning tabiiy kechishini yomonlashtiradi. Dunyo aholisining taxminan chorak qismi yashirin sil kasalligidan aziyat chekadi.

Tamaki yurakка zomin bo‘ladi

51. Kuniga atigi bir nechta sigaret chekish, epizodik yoki passiv chekish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

52. Chekuvchilarda insult xavfi ikki baravar, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi esa to‘rt baravar yuqori.

53. Tamaki tutuni yurak arteriyalariga shikast yetkazadi, blyashka va tromblarni keltirib chiqaradi, oqibatda, qon oqimini cheklaydi va yurak xurujlari va insultga olib keladi.

54. Nikotin va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

Tamaki 20 dan ortiq saraton turlarini keltirib chiqaradi

55. Tamaki chekish va tutunsiz tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish og‘iz, lablar, tomoq (tomoq va halqum) va qizilo‘ngach saratoniga sabab bo‘ladi.

56. Saraton halqumini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash natijasida traxeostomiya — bo‘yin va traxeyada bemorning nafas olishiga imkon beradigan teshik ochish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

57. Chekuvchilarda o‘tkir miyeloid leykemiya, burunoldi bo‘shlig‘i saratoni, kolorektal saraton, buyrak, jigar, oshqozon osti bezi, oshqozon, tuxumdon va pastki siydik yo‘llari (siydik pufagi va buyrak tos suyagi) saratoniga chalinish xavfi ancha yuqori bo‘ladi.

58. Ba’zi tadqiqotlar shuningdek, tamaki chekish va ko‘krak saratoni o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatgan, ayniqsa, juda ko‘p chekuvchilar va birinchi homiladorlikdan oldin chekishni boshlagan ayollarda kasallikka chalinish kuzatilgan.

59. Chekish odam papillomavirusi bilan kasallangan ayollarda bachadon bo‘yni saratoni xavfini oshirishi ham ma’lum.

Чекuвчиларда ko‘rish va eshitish qobiliyatini yo‘qotish ehtimoli ko‘proq

60. Chekish, agar davolanmasa ko‘rish qobiliyatining butkul yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, ko‘plab ko‘z kasalliklarini keltirib chiqaradi.

61. Chekmaydiganlarga qaraganda chekuvchilarda yosh makulodistrofiyasining rivojlanish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi, bu esa ko‘rishni butkul yo‘qotishga olib keladi.

62. Chekuvchilarda katarakta rivojlanishi xavfi ham yuqori, ko‘z gavharlarining xiralashishi ko‘zning nur o‘tkazishiga halaqit beradi. Katarakta ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib keladi, bunday holda ko‘rishni tiklashning yagona yo‘li jarrohlik aralashuvidir.

63. Ba’zi dalillar chekish glaukomani — ko‘z ichi qon bosimi oshib, ko‘rish qobiliyati yomonlashishini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

64. Katta yoshdagi chekuvchilar ko‘proq eshitish qobiliyatini yo‘qotishdan aziyat chekishadi.

Tamaki tanadagi deyarli har bir органга zarar етказади

65. Butun hayoti davomida tamaki chekuvchilar o‘rtacha 10 yildan kam bo‘lmagan umrlarini yo‘qotishadi.

66. Har bir sigaret tortilishi bilan tanaga toksinlar va kanserogen moddalar kiradi. Kamida 70 ta kimyoviy moddalar saraton kasalligini keltirib chiqaradi.

67. Chekuvchilarda diabet rivojlanish xavfi yuqoriroq.

68. Chekish demensiya rivojlanishining xavfli omilidir, bu aqliy qobiliyatning pasayishi va miya faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallik.

69. Alsgeymer kasalligi demensiyaning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, dunyo bo‘ylab Alsgeymer kasalligining taxminan 14% chekish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

70. Chekuvchi ayollarda og‘riqli hayz davri va menopauzaning og‘ir belgilari kuzatiladi.

71. Chekuvchi ayollarda menopauza 1−4 yil oldin sodir bo‘ladi, chunki chekish tuxumdonlarda tuxum paydo bo‘lishiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa reproduktiv funksiyaning yo‘qotilishiga va keyinchalik estrogen darajasining pasayishiga olib keladi.

72. Tamaki tutuni organizm to‘qimalarining kislorod bilan ta’minlanishini yomonlashtiradi.

73. Tamaki chekish qon oqimini cheklaydi, agar davolanmasa, gangrenaga (tana to‘qimalarining o‘limiga) va zararlangan sohalarni kesib tashlash zaruratiga olib kelishi mumkin.

74. Tamaki iste’moli tish milkiga ta’sir qiluvchi surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lgan parodontoz xavfini oshiradi (zararlangan milk vaqt o‘tishi bilan tish bo‘yi bo‘ylab cho‘kadi) va suyak to‘qimasini yo‘q qiladi, bu esa tishlarning tushishiga olib keladi.

75. Chekuvchilarda jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar xavfi chekmaydiganlarga nisbatan ancha yuqori.

76. Chekuvchilarda sun’iy ventilyatsiyadan ajralish jarayoni qiyinroq kechadi. Bu ko‘pincha reanimatsiya bo‘limida va intensiv terapiya bo‘limida (ITB) va umuman kasalxonada ko‘proq qolishga sabab bo‘ladi, bu esa ularni boshqa infeksiyalarni yuqtirish xavfini tug‘diradi.

77. Chekuvchilarda oshqozon-ichak trakti buzilishlari — oshqozon yarasi, qorin og‘rig‘i, doimiy diareya, isitma va rektal qon ketish bilan kechadigan ichak yallig‘lanish kasalliklari, shuningdek, oshqozon-ichak saratoni kabi kasalliklar uchrash ehtimol ko‘proq bo‘ladi.

78. Chekuvchilar suyak zichligining pasayishiga, suyak sinishlariga va singan joyda suyakning sekin tiklanishi yoki birlashmasligi kabi jiddiy asoratlarga ko‘proq moyil.

79. Tamaki tutunining tarkibiy qismlari immunitet tizimini zaiflashtiradi, chekayotgan odamlarda o‘pka infeksiyasini yuqtirish xavfini tug‘diradi.

80. Autoimmun kasalliklarga genetik moyilligi bo‘lgan chekuvchilarda revmatoid artrit, Kron kasalligi, bakterial meningit, operatsiyadan keyingi infeksiyalar va saraton kabi kasalliklarning rivojlanish xavfi yuqori.

81. Chekish immun tizimi zaiflashgan odamlarda, masalan, mukovissidoz, «rasseyannыy skleroz» yoki saraton kasalligi bilan xastalanganlarda hamroh kasalliklar va bevaqt o‘lim xavfini oshiradi.

82. Tamakining immunitetga og‘riqli ta’siri OIV bilan kasallangan odamlarda OITS rivojlanish xavfini oshiradi. OIV bilan kasallangan chekuvchilar orasida umrning yo‘qotilgan yillari 12,3 yilni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich OIV bilan kasallangan chekmaydigan shaxslarnikidan ikki baravar ko‘proqdir.

Tamaki va nikotin farzandingizga zarar етказади

83. Homiladorlik paytida tamaki iste’mol qilish va tamaki tutunining ta’siri homila o‘limi xavfini oshiradi.

84. Homiladorlik paytida chekuvchi yoki passiv chekish sababli tamaki tutuni ta’sirida bo‘ladigan ayollarda homila tushish xavfi ancha yuqori.

85. Shuningdek, tamaki tutunida va tutunsiz tamaki mahsulotlarida mavjud bo‘lgan nikotin va uglerod oksidi ta’sirida yuzaga kelgan homila gipoksiyasi va platsent anomaliyalari tufayli o‘lik bola (ona qornida homilaning vafot etishi) tug‘ilishi holatlari ham tez-tez uchraydi.

86. Chekuvchilarda bachadondan tashqari homiladorlik xavfi yuqori, bu esa onaning o‘limiga olib kelishi mumkin.

87. Chekishdan voz kechish va tamaki tutuni ta’siridan qochish ayniqsa homilador yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan reproduktiv yoshdagi ayollar uchun muhimdir.

88. Elektron sigaretadan foydalanish homilador ayollar uchun katta xavf tug‘diradi, chunki u rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishi mumkin.

89. Homiladorlik paytida chekadigan, tutunsiz tamaki mahsulotlaridan foydalanadigan yoki passiv chekishda tamaki tutuni ta’sirida bo‘lgan ayollarda muddatidan oldin tug‘ish va kam vaznli bolalarni dunyoga keltirish xavfi yuqori.

Tamaki atrof-muhitni ifloslantiradi

90. Tamaki chiqindilarini tozalashni tamaki kompaniyalarining o‘zi emas, balki hukumat va mahalliy hokimiyat moliyalashtiradi. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun chekishdan voz keching.

91. Sigaret qoldiqlari dunyodagi eng ko‘p tashlanadigan chiqindilar qatoriga kiradi va butun dunyo bo‘ylab plyajlarda va suv qirg‘og‘ida yig‘iladigan eng ko‘p uchraydigan chiqindilardan hisoblanadi.

92. Sigaret qoldiqlarida xavfli moddalar, shu jumladan margimush, qo‘rg‘oshin, nikotin va formaldegid topilgan. Tashlangan sigaret qoldiqlaridagi bu moddalar suvga va tuproqqa tushadi.

93. Tamaki tutuni shahar havosining ifloslanish darajasini oshirishi mumkin.

94. Aksariyat sigaretalar gugurt yoki gazli zajigalkalar bilan yondiriladi. Masalan, bitta yoki ikkita sigaretani yoqish uchun bitta yog‘och gugurt kerak bo‘lsa, dunyo bo‘ylab har yili chekilgan olti trillion sigaretni yoqish uchun ketadigan uch trillion gugurtni ishlab chiqarish to‘qqiz millionga yaqin daraxtni yo‘q qilishni talab qiladi.

95. Elektron sigaretalar va isitiladigan tamaki mahsulotlarida maxsus yo‘q qilishni talab qiluvchi batareyalar, shuningdek kimyoviy moddalar, qadoqlar va boshqa biologik parchalanmaydigan materiallar bo‘lishi mumkin.

96. Hozirgi kunda aksariyat elektron sigaretlarning plastik kartrijlari qayta ishlatish yoki qayta ishlanishga yaramaydi — ma’lumki, transmilliy kompaniyalar sodiq mijozlarni jalb qilish orqali sotuvni ko‘paytirish uchun bir martalik kartridjlarni sotishadi.

97. Tamaki ishlab chiqarishdan chiqadigan chiqindilar 3 million transatlantik parvozga teng.

98. Tamaki tutuni tarkibida uch xil issiqxona gazlari — karbonat angidrid, metan va azot oksidlari mavjud bo‘lib, ular binolar ichidagi va tashqarisidagi atrof-muhitni ifloslantiradi.

99. Butun dunyoda har yili tamaki yetishtirish va qayta ishlash uchun taxminan 200 ming gektar yerdan foydalaniladi.

100. Qishloq xo‘jaligi yerlarini tamaki o‘stirish uchun ko‘paytirish maqsadida o‘rmonlarning kesilishi ko‘plab jiddiy ekologik oqibatlarga olib keladi, jumladan biologik xilma-xillikning yo‘qolib borishi, tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, suv obyektlarining ifloslanishi va atmosferada karbonat angidrid gazining ko‘payishi.

101. Tamaki yetishtirish odatda pestitsidlar, o‘g‘itlar va o‘sish regulyatorlarini o‘z ichiga olgan juda ko‘p miqdorda kimyoviy vositalardan foydalanishni talab qiladi. Ushbu kimyoviy moddalar tamaki yetishtiriladigan hududlarda erigan va yomg‘ir suvi oqib tushishi oqibatida ichimlik suvi manbalariga tushishi mumkin.

102. Har 300 dona sigaret uchun (taxminan 1,5 blok) birgina tamaki barglarini quritishga butun boshli bitta daraxt kerak bo‘ladi.

103. Yiliga 6 trillion sigaret ishlab chiqarilishi uchun 300 milliard qadoq kerak bo‘ladi (har bir quti uchun 20 ta sigaretani hisobga olsak). Har bir bo‘sh qadoq taxminan olti grammni tashkil etadi deb hisoblasak, bu taxminan 1,8 million tonna qog‘oz, siyoh, sellofan, folga va yelimdan iborat chiqindilar. Qadoqlash va tashish konteynerlari sifatida ishlatiladigan plyonkalar va karton qutilaridan iborat chiqindilar bilan birgalikda qattiq chiqindilarning umumiy yillik hajmi kamida 2 million tonnani tashkil etadi.