Yakunlanayotgan hafta davomida O‘zbekiston va jahon sportida qator ahamiyatli voqealar sodir bo‘ldi. “Gazeta.uz” ushbu hodisalarning eng muhimlaridan haftalik sport yangiliklari dayjestini tayyorladi.

O‘zbekistonlik gimnastikachi Sabina Tashkenbayeva Pezaroda (Italiya) bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida badiiy gimnastika bo‘yicha Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston uchun birinchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.

31 may kuni Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) 2021 yilgi Amerika Kubogi Braziliyada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Amerika Kubogi belgilangan muddatda — 11 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqa o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar haqida keyinroq ma’lumot beriladi.

Avvalroq, dastlab turnirga Kolumbiya va Argentina mezbonlik qilishi kerak edi, ammo Kolumbiyadan mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli, Argentinadan esa pandemiya sababli musobaqa mezbonligi olib qo‘yildi.

Shu kuni Parijda bo‘lib o‘tayotgan “Ulkan Toj” musobaqasining ilk davrasida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin shveysariyalik tennischi Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 35 daqiqa davom etgan bahsda o‘zbekistonlik tennischi 2:6, 4:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

24−31 may kunlari BAAda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalashdi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasiнинг Litvada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi. Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialning “B” guruhida Rossiya, Misr va Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston futbol ассоциациясининг navbatdan tashqari kongressi joriy yilning 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur kongress o‘tkazilish joyi, kun tartibidan o‘rin olgan masalalar va boshqa ma’lumotlar haqida keyinroq O‘FA rasmiy veb-saytida batafsil ma’lum qilinadi.