«Nature Photographer of the Year» (Yilning tabiat fotografi) — bu tabiatda ro‘y beradigan turli xodisalar va hayvonlar ishtirokidagi turli xil vaziyatlar aks etgan suratlar tanlovi hisoblanadi. Tanlovda «peyzaj», «fotoqopqon», «hayvonlarning o‘zini tutishi» singari bir qator nominatsiyalar mavjud. Nature TTL yovvoyi tabiat fotograflari hamjamiyati har yili o‘tkaziladigan tanlov natijalarini e’lon qildi.
Hakamlar hay’ati tanlovga taqdim etilgan 8000 fotosuratlar ichida eng yaxshilarini tanladi. Bosh mukofot — 1500 funt sterling kanadalik fotosuratchi Tomas Vijayanga «Dunyo teskari tomonga burildi» nomli fotosurati uchun topshirildi.
Vijayan Borneo orolidagi suvda turgan daraxtni suratga olgan. Fotosurat kompozitsiyasi ikkita muammoni aks ettiradi: orangutan populyatsiyasining kamayishi va ming yillik daraxtlarning ommaviy ravishda kesilishi.
«Hayvonlarning o‘zini tutishi» nominatsiyasi g‘olibi
Suvdan sakrab chiqayotgan baliqni to‘satdan tutib olgan timsoh. Foto: Yoxan Vandrag
«Hayvonlarning o‘zini tutishi» nominatsiyasida baliq ovlayotgan timsohning surati g‘olib bo‘ldi. Fotosuratchining e’tiborini baliqning «hayratlanarli yuz ifodasi» o‘ziga jalb qilgan.
Ushbu nominatsiyada yana quyidagi suratlar ham yuqori baholandi.
Qora oyoqli kulrang languralar. Foto: Tomas Vijayan
Islandiya tulkisi. Foto: Devid Gibbon
Quyosh qushi. Foto: Musam Rey
«Fotoqopqon» nominatsiyasi g‘olibi
Mazkur surat Nikon D3300 kamerasida fotoqopqon va obyekt ortida joylashgan tashqi chiroqdan foydalangan holda olingan. Foto: Jon Formstoun
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Tulkilar oilasi. Foto: Tomas Kudron
Yevroosiyo yovvoyi mushugi. Foto: Vladimir Chex
Bug‘ular soyasi. Foto: Bens Meyt
«Yovvoyi portret» nominatsiyasi g‘olibi
Uyqudagi oq ayiq. Foto: Dennis Stogsdill
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Qor mahluqi. Foto: Amit Eyshel
Yirtqichning o‘yin maydoni. Foto: Charl Stols
Kangu laqabli gorilla. Foto: Tomash Shpil
«Suv ostida» nominatsiyasi g‘olibi
Manta skati Maldiv orollarida tunda keng og‘zi bilan plankton yig‘moqda. Foto: Grant Tomas
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Sidney qirg‘oqlaridagi fizaliya meduzasi. Foto: Grant Tomas
Stellera dengiz arsloni o‘ziga yangi o‘yinchoq topdi. Foto: Seliya Kuyal
Delfinlar suhbati. Foto: Richard Kondliff
«16 yoshgacha» — «Tanlov borligi sababli taltaygan» nominatsiyasi g‘olibi
Sapsan lochini maynalar to‘dasiga hujum qilish uchun to‘satdan paydo bo‘ldi. Foto: Tomas Isterbruk
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Shveysariyadagi tog‘ echkilari kurashi. Foto: Rafael Shenker
Vengriya o‘tlog‘idagi kapalak. Foto: Gergo Kartiyas
«Shahardagi yovvoyi tabiat» nominatsiyasi g‘olibi
Oilaning qanotli vakillari. Foto: Kallol Mukerdji
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Quvayt tulkisi. Foto: Moxammad Murad
Eshikdagi ukki. Foto: Xose Luis Ruis Ximenes
Velosipedchi maymunlar. Foto: Yevgeniy Samuchenko
Londonlagi qizil tulki. Foto: Topas Bisvas
«Tungi osmon» nominatsiyasi g‘olibi
Norvegiyaning Uttakleyv plyajidagi ko‘zga o‘xshash toshlar. Foto: Ivan Pedretti
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Uyqudagi ajdarho. Foto: Amos Ravid
Galo hodisasi. Foto: Bartolomey Yuretskiy
Siyohrang osmon. Foto: Bense Mate
Avrora qutb yog‘dusi. Foto: Markus Vestberg
Avrora ko‘prigi ostida. Foto: Yevgeniy Samuchenko
«Peyzaj» nominatsiyasi g‘olibi
Hayot daraxti. Foto: Jey Rud
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Lagunadagi qazilmalardan hosil bo‘lgan naqshlar. Foto: Fenni Rid
Shotlandiyadagi Rum tog‘iga yo‘l. Foto: Luiji Ruoppolo
Irlandiya naqshlari. Foto: Marek Begalskiy
Sloveniyaning Bled ko‘li. Foto:Tomas Royek
Kamalak peyzaj. Foto: Zdenek Vositskiy
«Kichik dunyo» nominatsiyasi g‘olibi
Termitlar raqsi. Foto: Jeyms Gifford
Ushbu nominatsiyada yuqori baholangan boshqa suratlar
Tabiat qopqoni — o‘simlik ichiga tushib qolgan kaltakesaklar. Foto: Samanta Stefens
To‘r to‘qiyotgan o‘rgimchak. Foto: Ben Nikolson
Uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan qo‘ng‘iz. Foto: Kristian Brukis
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
O‘ljasini olib ketayotgan ari. Foto: Saymon Jenkins