Tok o‘chishi natijasida “O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi

Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sababli “O‘zbekneftgaz” korxonalari, gaz konlari va kompressor stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi. Bu holat magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamayishiga ham olib keldi.

Sement importi hajmi keskin oshdi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida sement importi hajmini ikki barobarga oshirdi. To‘rt oy ichida 50,5 mln dollarlik 1 mln tonna sement olib kirildi — sabablar va eng ko‘p sement import qilingan davlatlar.

Toshkentda 60 foiz respondentlar maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfli deb hisoblaydi

YUNISEF va IIV YHXBB Yu-Report loyihasi doirasida maktablar yaqinidagi yo‘llar xavfsizligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Aksariyat respondentlarning (Toshkentda — 60 foiz) maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfsiz emas deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning katta qismi maktabga piyoda boradi.

Maktabgacha ta’lim vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib Baxodirjon Onorboyev tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlagan Kahramon Olimov esa boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda. Vazirning yana bir o‘rinbosari ham o‘zgargan.

Respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati tekshiriladi

Hukumat qarori bilan respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha esa oylik kuzatishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda. Hujjatda shuningdek, 1 dekabrgacha atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot bazasi shakllantirilishi belgilangan.

S&P O‘zbekiston reytingini “BB-” darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

S&P Global Ratings agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini “BB-” darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini “salbiy"dan “barqaror"ga oshirdi. Ushbu qaror tashqi qarz o‘sishining sekinlashgani, takomillashgan fiskal siyosat va islohotlar bilan bog‘liq. Agentlik, shuningdek, mamlakatning kredit reytingini yanada kamaytirishga xizmat qiluvchi omillarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Andijonda 100 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda 100 gektar yer maydonini 135 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi direksiya bosh mutaxassisi, viloyat hokimligi bosh boshqarmasi g‘aznachisi hamda kompaniya rahbariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.