O‘zgidromet respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg‘un postda atmosfera havosining sifati bo‘yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha esa oylik kuzatishlar olib boriladi.

Bu Hukumatning 3 iyundagi «Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi қарорида o‘z aksini topgan.

Hujjatga ko‘ra, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi yaratildi.

Qaror bilan 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi ham tasdiqlangan.

Dasturga muvofiq, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:

  • suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;
  • atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi monitoringi;
  • ko‘llar ekotizimlari monitoringi;
  • o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi;
  • atrof muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida 2021 yil 1 dekabrga qadar atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantiradi.