May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi so‘nggi o‘n yil ichida rekord darajaga yetdi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining o‘rtacha qiymati aprel oyiga nisbatan 4,8 foizga va o‘tgan yilning may oyiga nisbatan birdaniga 39,7 foizga yuqori bo‘ldi.

Ushbu o‘sishning asosiy sabablaridan biri o‘simlik yog‘i, shakar va don mahsulotlari jahon narxlarining keskin ko‘tarilishida edi. U 2011 yil sentyabridan buyon o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga yetib, tarixiy maksimumidan atigi 7,6 foizga past bo‘ldi.

Donli mahsulotlar narxlari ko‘tarilishining asosiy omili makkajo‘xori qimmatlashganida edi — narxlarning o‘rtacha qiymati o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 89,9 foizga oshdi. May oyida AQShda hosilni ekish istiqbollari tufayli makkajo‘xori narxi biroz pasayib ketdi.

Dunyoda bug‘doy narxi ham oy oxirida pasayishni boshladi, ammo may oyining o‘rtacha narxi aprel oyiga nisbatan 6,8 foizga yuqori bo‘ldi. FAO o‘simlik yog‘i narxlari indeksi may oyida 7,8 foizga o‘sdi, bunga palma, soya va kolza yog‘lari narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga, FAO prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda dunyoda deyarli 2,821 mln tonna don ishlab chiqariladi, bu 2020 yilga nisbatan 1,9 foizga yuqori. Yaqin ikki yil ichida, ehtimol, donga bo‘lgan talab ham o‘sib borib, 2,826 mln tonnani tashkil etadi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 1,7 foizga ko‘p. Don zaxiralari uch yillik qisqarishidan so‘ng o‘sadi, ammo o‘rtacha — faqat 0,3 foizga.

Shakar ham 6,8 foizga qimmatlashdi. Bunga sabab — o‘rim-yig‘im kompaniyasining kechikishi va dunyodagi eng yirik shakar eksport qiluvchi Braziliyada kam hosil kutilayotgani. Hindistondan yetkazib berilayotgan yirik mahsulot narxlarining ko‘tarilishi biroz pasaydi, ammo salbiy omillarni qoplay olmadi.

May oyida go‘sht narxi 2,2 foizga o‘sdi — bu asosan Xitoyga importning ko‘payishi, shuningdek yetakchi ishlab chiqaruvchi mintaqalarda parranda va cho‘chqa go‘shtiga bo‘lgan ichki ehtiyojning oshishi hisobiga yuzaga keldi.

FAO sut mahsulotlari narxlarining indekslari yog‘li va quruq sutning faol importiga talab yuqori bo‘lgani uchun 1,8 foizga o‘sdi.