4 iyun kuni O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda «O‘zbekistona 24» telekanali

Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi va Moliya vazirligining 2021 yil 1 iyuldan boshlab pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi takliflarini inobatga olgan holda:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etilsin.

Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi;

b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkazildi;

v) zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkazildi;

g) boquvchisini yo‘qotganlik:

pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etildi;

pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;

nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi;

d) bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshirildi.

Moliya vazirligiga ushbu harajatlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni ajratish topshirildi.

Avvalroq, O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymati 440 ming so‘m etib belgilani haqida xabar berilgan edi.