Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 243 591 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 425 809 doza, 2-bosqichda emlanganlar 813 734 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 4048 nafarni tashkil qildi.

3 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 52 066 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 22 830 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 27 444, 3-bosqich emlanganlar 1792 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (284 798 doza), Namangan viloyatida (263 823 doza), Andijon viloyatida (256 102 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 201 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 3 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 198 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 188 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 97 077 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3426 nafar bemor davolanmoqda.