Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchiga janoza o‘qiladi — Musulmonlar idorasi

Katta tezlikda mashina haydash oqibatida vafot etgan haydovchining o‘z joniga qasd qilishi maqomida bo‘lishiga fatvo berildi. Musulmonlar idorasi “Gazeta.uz"ga ushbu shaxslarga ham janoza o‘qilishini ma’lum qildi.

May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi so‘nggi o‘n yil ichida rekord darajaga yetdi

May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori darajaga bo‘ldi. Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab mahsulotlar narxlari 12 oy ketma-ket o‘sib bormoqda, deya ma’lum qildi FAO.

O‘zbekiston to‘rt oyda 113,7 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qildi

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan bo‘lib, bu borada Xitoy, Koreya va Rossiya mamlakatlari yetakchi bo‘lib turibdi.

2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish bo‘lgan

2021 yilning ilk to‘rt oyida oilaviy ajrashishlar soni oldingi yilga nisbatan 4897 taga ko‘p bo‘lgan.

YeTTBning Urganch shahridagi mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) oliy darajadagi delegatsiyasi birinchi vitse-prezident Yurgen Rigterink Urganch shahrida YeTBB yangi mintaqaviy vakolatxonasining ochilishi marosimini o‘tkazadi.

Olimjon O‘sarov Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi

“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelgan Olimjon O‘sarov Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 yil ichida Toshkent iqtisodiyotining 2 baravarga o‘sgani haqida xabar berdi, ammo bunday emas

So‘nggi uch yil ichida Toshkent iqtisodiyoti ikki baravar o‘sdi, dedi Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Aslida esa 2018−2020 yillarda poytaxt yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’ati 22,6 foizni tashkil etdi. Shahar hokimi qurilgan metro bekatlari soni haqida ma’lumot berishda ham adashdi.

Shahrisabzda avariya oqibatida ota va bola vafot etdi

Shahrisabzda Damas rusumli avtomashinasi o‘zini quvib o‘tishga uringan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Damas haydovchisi va uning ichidagi fuqaro vafot etdi.

Qashqadaryoda unashtirilgan yigit-qizni qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilgan IIB xodimlari ishdan olindi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.

Maktabgacha ta’lim vaziri “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.

14 iyundan 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi — Markaziy bank

14 iyundan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi “Buyuk Ipak yo‘li” va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.