3−7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, O‘zbekiston hududida issiq ko‘tarilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
2021 yil 5 iyunga maksimal havo harorati xaritasi
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan +7…+10 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda +44…+46 darajagacha isiydi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.