Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 136 423 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 379 190 doza, 2-bosqichda emlanganlar 755 951 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 1282 nafarni tashkil qildi.

1 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 66 905 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 24 405 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 41 712, 3-bosqich emlanganlar 788 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (275 517 doza), Namangan viloyatida (251 223 doza), Andijon viloyatida (242 319 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 231 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 726 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 346 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 96 569 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3466 nafar bemor davolanmoqda.