Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i o‘rnida Magic City oilaviy ko‘ngilochar bog‘i barpo etildi. 31 may kuni kam ta’minlangan oilalar, mehribonlik uylari hamda olimlar oilalarining bolalari uchun bo‘lib o‘tdi.

Bog‘ ochilishidagi mushakbozlik.

Loyiha bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda. 1 iyun — Bolalarni himoya qilish kunidan boshlab quyidagi hududlar faoliyat yuritadi:

  • Dunyoning mashhur poytaxtlari shoh ko‘chalariga o‘xshash ko‘chalar;
  • maydoni 8500 kv m bo‘lgan musiqiy favvora;
  • balandligi 57 m bo‘lgan Noyshvanshtayn qasrining nusxasi;
  • Registon maydoni va 650 o‘ringa mo‘ljallangan Rim Kolizeyi ko‘rinishidagi amfiteatr.

Bog‘ning umumiy maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda 9 gektar maydon foydalanishga topshirildi. Ushbu hududda do‘konlar, restoranlar, kinoteatr va okeanarium bilan jihozlangan 27 ta inshoot mavjud.

Bog‘ning ochilishida Toshkent hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqdi.

«O‘ylaymanki, har kuni yanada chiroy ochib borayotgan Toshkentdagi Magic City chiroyli binolarining ochilishi Toshkent uchun unutilmas kunga aylanadi. Muhtaram Prezidentimiz bu yilni yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qildi. Bu oxirgi ochilish emas, yoshlarimiz uchun yana ko‘plab binolar mavjud. Yangilanayotgan Toshkentga yangilanayotgan binolar, yangilanayotgan bog‘lar, yangi yoshlar yarashadi», — dedi u.

Shahar hokimi bog‘ qurilishida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. «Men bog‘ quruvchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Toshkent uchun ushbu bog‘ni qurganingiz uchun sizdan minnatdorman. O‘ylaymanki, kelajakda sizning loyihalaringiz yanada kattaroq va chiroyliroq bo‘ladi», — dedi hokim. Bog‘ Discover Invest kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.

Xuddi shu kuni prezidentga Magic City qurilishining ikkinchi bosqichi taqdim etilgan edi. Qayd etilishicha, ikkinchi bosqichda sun’iy ko‘l barpo etilib, uning atrofida — mamlakatning tarixiy shaharlari va diqqatga sazovor joylariga bag‘ishlangan mavzuli shaharcha (Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent va boshqalar) quriladi.

«Gazeta.uz» bog‘ ochilishiga Magic City brendingi bilan shug‘ullangan TutkovBudkov kompaniyasi kitob chiqargan hamda va robot Fanikl va uning do‘stlari haqida animatsion film suratga olgani haqida yozgan edi. Qahramonlar yangi bog‘ning brendi hisoblanadi. «Ular sehrli tangalar yordamida dunyo bo‘ylab sayohat qilib, turli mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar», — deydi kompaniyaning kreativ direktori Oleg Barinboym.

Milliy bog‘ning bir qismi Hindistondagi Tojmahal, Parijdagi Eyfel minorasi, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali, Londondagi Big Ben va boshqalarni tanishtirgan robot Fanikkel tasvirlangan banner bilan o‘ralgan.

«Gazeta.uz» muxbirining ta’kidlashicha, panjaraning bir qismi ilgari Navro‘z tananalar uyi joylashgan hududdan o‘tgan. U yerda madaniy-ma’rifiy majmua, shu jumladan «ulug‘vor kutubxona» qurishga va’da berishgan edi.

Boqqa kirish bepul, ammo ayrim hududlarning pulli bo‘lishi kutilmoqda.

«Gazeta.uz» avvalroq Magic City bog‘ining qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida batafsil yozgan edi.

Milliy parkni rekonstrutsiya qilish to‘g‘risida qaror 2017 yil sentyabr oyida qabul qilingan edi.