Toshkent yer usti metrosi Halqa yo‘lida soat 18:00 gacha soatiga chegaralangan tezlik (30−35km/soat)da harakatlanadi.
Mazkur cheklov «havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida» joriy etildi.
Toshkent yer usti halqa metrosi 2020 yil avgust oyi oxirida ochilgan bo‘lib, «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Aprel oyida Sergeli metrosi yuqori havo harorati ta’sirida metro harakati to‘xtab qolgan edi. Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalish 2020 yilning dekabr oyi oxirida ishga tushgan.