31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopildi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

O‘zgidrometning meteorologik stansiyalari ma’lumotlari bo‘yicha kecha-kunduz uchun maksimal havo harorati:

  • Nukus — 41.2 daraja, bu 2015 yilga nisbatan 1.7 darajaga yuqori (39.5 daraja);
  • Urganch — 42.9 daraja, bu 1933 yilga nisbatan 3.5 darajaga yuqori (39.4 daraja);
  • Buxoro — 43.0 daraja, bu 1967 yilga nisbatan 2.7 darajaga yuqori (40.3 daraja);
  • Navoiy — 41.0 darajani tashkil etib, bu 1961 yilga nisbatan 0.5 darajaga yuqori (40.5 daraja) bo‘ldi.

Avvalroq, BMT meteorologlari yaqin besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishi kutilayotganligi haqida ma’lum qilgan edi. Prognoz qilinishicha, kelgusi besh yillikning har bir yilidagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagi harorat qiymatlaridan kamida bir daraja yuqori bo‘ladi.