Curiosity marsoxodi nisbatan kam uchraydigan hodisa — Marsdagi bulutlarni suratga oldi. NASA olimlarining ta’kidlashicha, sayyoraning yupqa atmosferasi tufayli bulutlar odatda mahalliy yilning eng sovuq davrida faqat ekvatorda shakllanib, muz kristallaridan iborat bo‘ladi.

Bir marslik yil oldin (Yer me’yorlari bo‘yicha ikki yil) olimlar ba’zi bulutlar boshqalariga qaraganda erta shakllana boshlanishiga e’tibor berishdi. Shuning uchun, bu safar ularni o‘rganish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rildi.

NASA

Muz kristallari bilan to‘ldirilgan ingichka to‘plar botayotgan quyosh nurlarini sochib yuboradi, deya NASA bulutlarni tasvirlamoqda.

Curiosity bulutlarning oq-qora va rangli tasvirlarini suratga oldi. Rasmlar yordamida olimlar Marsda bulut paydo bo‘lish jarayonini yaxshiroq tushuna oladilar.


NASA


NASA taxminiga ko‘ra, «erta» bulutlar oddiy Mars bulutlariga qaraganda katta balandlikda yuzaga keladi. Ular yer yuzidan taxminan 60 km balandlikda suzib, suv muzidan iborat bo‘ladi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Curiosity tomonidan qayd etilgan yanada balanroq uchuvchi bulutlar muzlagan karbonat angidrid yoki quruq muzdan tashkil topgan.

NASA

Kolorado kosmik institut tadqiqotchisi Mark Lemmon ushbu bulutlarning ranglariga, ularning qizil, yashil, ko‘k va binafsha tuslariga qoyil qolishini ta’kidladi. «Marsda juda ko‘p ranglarga ega bo‘lgan narsani ko‘rish haqiqatdan ham ajoyib», — deya qo‘shimcha qildi Lemmon.