1 iyundan boshlab internet tezlik tarif rejalari va xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar «…gacha» qo‘shimchasisiz berilishi kerak. «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi internet va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bu bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Inspeksiya xabarida qayd etilishicha, kompaniyalar «…gacha» («do…») qo‘shimchalari o‘rniga aniq va tushunarli ma’lumot berishlari kerak.

«O‘zbektelekom» 2018 yildayoq tezlik tariflarini ifodalashda «gacha» qo‘shimchasidan voz kechish, tarif tezligini kafolatlash haqida xabar qilgan edi.