1,7 mln o‘zbekistonliklar xorijda ishlaydi, ularning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida hozirda 1,7 million o‘zbekistonlik chet elda, asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotganligi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

BMT, YeI va AQSh mojaroli hududlardan qaytgan ayollar va bolalar reintegratsiyasiga ko‘maklashadi

BMT, Yevroittifoq va AQSh O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga mojaroli hududlardan qaytarilgan ayollar va bolalarni jamiyatga qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun texnik va moliyaviy resurslarni taqdim etadi.

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan

Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzni nimalarga sarfladi?

2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz jalb qiladi

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 40 yilga 100 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan esa 30 yilga 100 mln dollar qarz oladi. Mablag‘lar O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish loyihasi doirasida sarflanadi. Jumladan, 35 mln dollarga 1000 ta tez tibbiy yordam mashinasini xarid qilish rejalashtirilgan.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi

Toshkentda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etiladi, viloyatlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar gematologiyasi va onkologiya bo‘limlari ochiladi. Respublika gematologiya va onkologiya va radiologiya markazlari yangi binolarga ko‘chib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi. Tuman poliklinikalarida ayollarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish uchun “Onko-nazorat” xonalari tashkil etiladi.

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.

O‘zbekistonda Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universitetining filiali ochiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Mamlakatda mazkur ta’lim muassasasining filiali ochiladi.

Reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan — biznes-ombudsman

Toshkentda reklama bannerlarining buzilishi masalasini o‘rgangan biznes-ombudsman poytaxt xalq deputatlari kengashining bu to‘g‘risidagi qarorining loyihasi adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligini aniqladi.

Sirdaryoda 22 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Xovos tumanida 22 yoshli ayolni poyezd urib yubordi. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qurollangan brakonerlar Qoraqalpog‘istondagi “Janubiy Ustyurt” bog‘i inspektorlariga hujum qilishdi

Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan ikki brakoner “Janubiy Ustyurt” tabiat bog‘i inspektorlarining mashinasiga hujum qildi. Ovchilar qurol bilan tahdid qilib, mashina g‘ildiraklarini teshishgan va xodimlarning telefonlarini olib qo‘yishgan. Orol dengizi atrof-muhitni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

2025 yilgacha aholi jon boshiga YAIMni $2500 ga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati aholi jon boshiga YAIMni hozirgi paytdagi 1700 dollardan 2025 yilgacha 2500 dollarga va 2030 yilgacha bo‘lgan muddat ichida 4200 dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Abdulla Aripov Minsk shahriga tashrif buyurdi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Minsk shahriga tashrif buyurdi. Hukumat rahbarlari avvaliga, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘lishgan. “Belarusga internet orqali bo‘layotgan hujumlarga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, bu yerdagi vaziyat tinch”, — degan u.

Cyenat 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini qabul qildi

Cyenatning 15 yalpi majlisida O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Hujjat Pekin Deklaratsiyasi, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishga ko‘maklashadi. Senatorlar strategiya xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berishiga ishontirmoqda.

“Barcha sohalar va hududlarda ishlar bir xilda sifatli bajarilayapti, deb bo‘lmaydi” — prezident dasturlar haqida

Shavkat Mirziyoyev videoselektorda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi qurilish va ta’mirlash ishlari barcha hududlarda ham birdek sifatli olib borilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda qoloqliklar mavjud viloyatlarga prezident Administratsiyasi, Hukumat, Hisob palatasi va vazirliklar mas’ul rahbarlari yil yakuniga qadar biriktirilishi ta’kidlandi.

“Banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda uy-joy shirkatlarining muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trln so‘mdan ortib ketganini tanqid qildi. Ularning kredit muddati uzaytirilgani bilan 52 foizi so‘ndirilmagani aytildi. “Bu banklarning puli-ku. Sizlar banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?”, — dedi davlat rahbari.

2 yilda 100 ga yaqin uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi mansabdorlar korrupsiyada ayblangan

2 yil davomida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi 100 ga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgani uchun javobgar bo‘lgan. Andijon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbarlari 240 mln so‘m, Namangan “Ta'mirlash tiklash xizmati” korxonasi mansabdorlari 250 mln so‘m va Surxondaryo Suv ta’minoti boshqarmasi xodimlari 540 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Toshkent tarixi xaritalarda: 1865 yilgi qal’a devori va shaharning 12 darvozasi

Raqamli rivojlanish departamentining fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi, geografik axborotlar tizimlari va kartografiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev ushbu masalani o‘rganmoqda. “Gazeta.uz” uning xaritalarni izlash va shaharning bir yarim asr davomida qanday o‘zgargani haqidagi maqolasini e’lon qiladi.