Poytaxtning Mirobod tumanida 3 nafar ayol 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayol Mohizoda V.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazilgani hamda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Mumtozbegim D. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bundan tashqari, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor tomonidan Mohizoda V.ga himoya orderi topshirilgan.