Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonida o‘tadigan uchrashuvlar uchun tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev («Qizilqum»), Islomjon Qobilov («Lokomotiv»), Rustamjon Ashurmatov («Kanvon», Janubiy Koreya), Oleg Zoteyev («Chonnam Dragons», Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Sanjar Qodirqulov («Lokomotiv»), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»)

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Sanchjou Mayti Layons», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Odiljon Hamrobekov («Shabab Al-Ahli», BAA), Abrorbek Ismoilov («Paxtakor»), Ikrom Aliboyev («Tedjon Sitizen», Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov («Shabab Al-Ahli», BAA), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Dostonbek Hamdamov («Xatta», BAA), Vagiz Galiulin («Nefteximik», Rossiya), Sanjar Shoahmedov (AGMK)

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Jenoa», Italiya), Temurxo‘ja Abduholiqov («Lokomotiv»), Igor Sergeyev («Aktobe», Qozog‘iston), Farruh Ikromov («Bunyodkor»), Shohruz Norxonov («So‘g‘diyona»)

O‘zbekiston MTJ 28 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi.

«Qisqa muddatli tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston MTJ Dubay shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Avstraliya jamoasi tarkibidagi bir necha futbolchi jarohat olganligi sababli Avstraliya tomoni 29 may kungi O‘zbekistonga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi. Shu sababli, milliy terma jamoa 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi to‘p suradi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi», — deyiladi O‘FA xabarida.

Ma’lumot uchun, iyun oyida O‘zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan turnirda Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

JCH-2022 saralash bosqichi. D guruhi

  • 7 iyun. O‘zbekiston — Singapur. 23:00
  • 11 iyun. Yaman — O‘zbekiston. 23:00
  • 15 iyun. Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston. 23:00.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 o‘yindan keyin guruhda Saudiya Arabistondan keyingi 2-o‘rinda bormoqda. Vadim Abramov shogirdlari hisobida 9 ochko mavjud.