25−26 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida para-dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik para-dzyudochilar 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ikkinchi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasi yana 4 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Davurxon Karomatov va +100 kg vazn toifasida Shirin Sharipov oltin, -100 kg vazn toifasida Sulaymon Alayev hamda Sharif Halilov bronza medallariga ega chiqishdi.

Dastlabki kungi bahslarda ayollar o‘rtasida Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salayeva (-52 kg) va Parvina Samandarova (-57), erkaklar o‘rtasida Sherzod Namozov (-60 kg) va O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) kumush medalga sazovor bo‘lishdi. -66 kg vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan Uchqun Quranbayev esa bronza bilan taqdirlandi.

Gran-Pri yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston para-dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan 38 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.