20 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida Lacetti rusumli mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro tana qismini transport vositasi «lyuk"idan chiqarib harakatlangan video tarqaldi.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv natijalari haqida Jizzax viloyati IIB tomonidan munosabat bildirdi. Haydovchi va yo‘lovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yo‘lovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani uchun bayonnoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 245 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

«Mashina egasi rulda emas edilar, uzr so‘rayman, men bilan Vali ismli o‘zimning oldingi tanishim bor edi. Mashina egasining uydagilaridan, oila a’zolaridan, rafiqasidan uzr so‘rayman. Agar qo‘llaridan kelsa kechirishsin. Meni deb bitta oila buzilib ketishini istamayman», — deydi qiz.