Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidan oqib o‘tuvchi kanaldan 17 yoshli qizning jasadi topilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103−1-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tergov olib borish uchun Pastdarg‘om tumani IIB Tergov bo‘limiga yuborildi.

Pastdarg‘om tumanidagi kanalda 17 yoshli qizning murdasi 12 may kuni topilgan edi. Qizning yaqinlari uning nomusiga tegib, keyin o‘ldirganini gumon qilishayotganini bildirgan.

Sud tibbiy ekspertizasi marhumaning o‘limi suvga cho‘kishdagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanini va jinsiy a’zolarida tan jarohatlari aniqlanmaganini ma’lum qilgan.