Illyustratsiya: Eldos Fazilbekov / «Газета.uz»
«U yerda battar buzildim»
“Murakkab” bolalarni maxsus muassasalarga joylashtirish hamda shu kabi muassasalarning mavjud bo‘lishini to‘g‘ri deb hisoblovchilar soni haligacha ko‘pchilikni tashkil etadi. “Gazeta.uz” muallifi Yekaterina Soy sud qarori asosida bir yilini o‘g‘il bolalar uchun maxsus yopiq muassasada o‘tkazgan o‘smir bilan suhbatlashdi.
Yigitning himoyasi uchun uning haqiqiy ismi va u vaqt o‘tkazgan muassasa nomini eʼlon qilmaymiz.
Uning ismi Shuhrat. U yopiq muassasaga sud qarori asosida 2018 yilda, Qo‘qon va Samarqandda shu kabi muassasalarda zo‘ravonlik va kaltaklash holatlari haqida maʼlum bo‘lganidan keyin mazkur muassasalar qayta tashkil etilmasidan avvalroq tushgan edi. 2019 yilda O‘zbekiston prezidenti ularni isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi: to‘rtta muassasa o‘rniga ikkita – Toshkent viloyatining Chinoz tumanida qizlar (IIVga biriktirilgan) va o‘g‘il bolalar uchun Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida (Milliy gvardiyaga biriktirildi) muassasa tashkil etildi.

O‘zbekiston qonunchiligida «yopiq muassasa» degan atama mavjud emas. Biroq o‘sha vaqtda faoliyat ko‘rsatgan barcha to‘rt muassasada, ulardan birida Shuhrat ham bo‘lgan, bolalar huquqlari cheklangan edi.

BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasiga ko‘ra (1989 yil, O‘zbekistonda 1994 yilda kuchga kirgan) bolani ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olishdan faqatgina eng so‘nggi chora sifatida va saqlash muddati imkon qadar qisqa bo‘lgan davrga foydalanish mumkin.
Shuhrat bilan atrofini ko‘p qavatli uylar o‘ragan ko‘rimsizgina bekatda uchrashdik. Qarshimda to‘q zumrad rangli bomber (yoqasiz yengil kurtka, «uchuvchilar kurtkasi» – tahr.), zamonaviy tolstovka va zaytun rangli jinsi kiygan xushbichim yigit turardi. Uning tashqi ko‘rinishi go‘yoki o‘ziga to‘q oilada yashagani va hech qanday qiyinchilik ko‘rmaganidan darak berardi.

Qahramonimdan qadrdon tumani bo‘ylab ekskursiya uyushtirishini so‘radim. O‘z uyi deb hisoblaydigan joylar haqida nimalarni xotirlar ekan?

«Hammasini boricha aytaveraymi? Ochiq-oydin?» – Shuhrat bu savolni turli vaziyatlarda yana bir necha marta berdi. Go‘yoki kimdir uning mashaqqatli o‘spirinlik hayotiga qiziqishiga ishonmagandek.

Mana, Shuhrat onasi bilan janjallashib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan burchak. Mana bu esa u do‘stlari bilan birgalikda rasm chizib tashlagan devor.

– Bizni shu sababli 15 sutkaga qamashdi, yozuvni esa bo‘yab tashlashdi, – deb hikoya qiladi u. – Biroq biz keyin yana qaytadan chizdik.
– Yashil panjarali anavi devorni ko‘ryapsizmi? Avval u yerda teshik bor edi, biz kechalari o‘sha yerdan o‘rab qo‘yilgan hududga o‘tib, vaqtichog‘lik qilardik.

– Qorovuldan qo‘rqmagansizlarmi?

– Biz ko‘pchilik edik, 15-16 yoshli bolalar. Aksincha, u bizdan qo‘rqib chiqmas edi.
Shuhrat o‘zining “murakkab” o‘smirlar uchun mo‘ljallangan maxsus kollejga tushishiga sabab bo‘lgan voqealarni eslaydi. O‘shanda u yana uyidan qochib ketgan edi. Do‘sti bilan yoqilg‘i quyish shoxobchasida yashab turgan, o‘sha yerda ikki kunda bir ishlaydigan ayol-tanishlari bo‘lgan.
реклама
реклама
Uning smenasi kunlari boshpanam bo‘lardi. Qolgan kunlari esa o‘rtoqlarimnikida yotib yurdim. Ko‘chada yashash qiyin. Oxir-oqibat do‘stim chiday olmadi va uyiga qaytdi, men esa buni xohlamadim.
Bir kuni Shuhratga “mahallasidagi” bola telefon qilib, ko‘rishishni taklif qiladi. U uchrashuv joyi sifatida ikkita uzun ko‘p qavatli uy o‘rtasidagi tor yo‘lni belgilaydi. Uchrashuv joyiga borgan Shuhrat buning tuzoq ekanini anglab yetdi. U faqat chapga yoki o‘ngga qochishi mumkin edi, biroq har ikki tomondan ham IIB xodimlari uni siqib kelishardi.

Shuhratning aytishicha, uni zo‘rlik bilan oilasiga qaytarishgan. So‘ngra uy qamog‘iga hukm qilishdi. Endi o‘smir uydan tashqariga faqat uchastka noziri hamrohligida chiqa olardi, shunda ham yopiq muassasaga joylashishi uchun maʼlumotnoma olish yoki tashxistopshirish maqsadida.

Shuhratning onasi bilan telefon orqali gaplasha oldik. U o‘g‘lining xulq-atvoriga na o‘zi, na profilaktika inspektori va na maktab maʼmuriyati taʼsir ko‘rsata olmaganini taʼkidladi.

«“Maloletka”ga (o‘g‘il bolalar uchun maxsus maktabga – tahr.) meni onam joylashtirdi, - deydi Shuhrat. – Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga meni eplay olmayotgani, o‘g‘lini u yerga jo‘natishlarini aytdi. Men o‘shanda hatto otamga ham murojaat qildim, holbuki uning allaqachon boshqa oilasi bor edi. Ishni olib borgan ment (IIB xodimi – tahr.) otam ariza yozib, javobgarlikni zimmasiga olsa, meni muassasaga joylashtirmasligini aytdi. Otamning oldiga bordim, vaziyatni tushuntirdim, u bo‘lsa: “Qani, bir-ikki yil o‘sha yerda o‘tirib tur, chiqishing bilan men senga salon ochib beraman”, — dedi. Hech narsa demadim — shunchaki qayrildim va ketdim».
O‘g‘li tarbiya muassasasiga joylashtirilishidan avval Shuhratning onasi u yerga borib, muassasani ko‘zda kechiradi, direktor bilan suhbatlashadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muassasaning ahvoli «g‘arib bo‘lgan, biroq boshqa qayerga borsin». Hammasidan charchagan ayol uchun yopiq muassasa unchalik yomon emasdek ko‘rindi. U yerda o‘g‘li hech qanday qo‘rqinchli va tuzatib bo‘lmas narsa (uzoq vaqt qamoqda o‘tirishiga to‘g‘ri keladigan) qilolmaydi.
Sud Shuhratning uydan qochishlari, u qatnashgan janjallar, dars qoldirishlari, pedagoglarga nisbatan qo‘llagan nomaqbul so‘zlari va kannabis (marixuana) chekishii g‘ayriijtimoiy harakatlar deya tasnifladi va ular bolani yopiq muassasaga joylashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi, degan qarorga keldi.
U yerda o‘tkazgan vaqtlarini yodga olar ekan, Shuhrat “yopishdi”, “o‘tirdim”, “chiqdim”, “ozodlikda” degan so‘zlarni qo‘llaydi.
Chunki bu o‘z nomi bilan “maloletka”, – deydi u. – U yerga tushib hamma narsani ko‘rnaimd, o‘z jonimga qasd qilishni xohladim. Qochib bo‘lmaydi – notanish shahar, qo‘riqchilar, pul ham yo‘q.
Yopiq muassasaga tushgan kuni Shuhrat bilan psixolog ayol suhbatlashgan. U kim ekani, qayerda yashashi, bu yerga nima uchun tushganini so‘ragan. O‘shanda u psixolog ayolni birinchi va oxirgi marta ko‘rdi.

Shuhratning oldiga onasi birinchi marta kelganida, u chiqishni xohlamadi. Tarbiyachilar ko‘ndirishdi. Asablar dosh bera olmadi – u yig‘lab yubordi. Uning eslashicha, onasi oyiga bir-ikki marta kelib, unga ovqat va kiyimlar keltirgan. To‘g‘ri, qishda har doim ham issiq kiyinmagan – «dahshatli o‘g‘rilik» bo‘lardi. Kechqurun kurtkangni ilib qo‘yasan, ertalab esa u yo‘q. Navbatdagi ota-onalar tashrifigachasovqotib o‘tirishga to‘g‘ri keladi.

«Yaxshiyam onam kelardi, ayrimlarning oldiga hech kim kelmas edi. Ular qanday yashab qoldi ekan – bilmayman».

Muassasadagi sharoit yomon edi, deya davom ettiradi u. Ovqatlar bemaza edi.
Men bunday bemaza ovqat yemaganman hech. Birinchisiga sho‘rva berishardi, ichida faqat karam va yorma bor edi. Ikkinchisiga - no‘xat bo‘tqasi. Ertasi kuni mahsulotlar shunchaki joylarini o‘zgartirardi: no‘xat va karam sho‘rvada suzib yurar, likopchada esa grechka yoki perlovka yotardi. Non kishi boshiga ikki bo‘lakdan berilardi. Lekin qo‘shimcha bo‘lak nonni sotib olishingiz mumkin. Nonushta uchun - soxta sariyog‘ bo‘lagi, juda kichkina, hatto bitta bo‘lak nonga ham surtib bo‘lmaydi. Bu oziq-ovqat komissiyadan odamlar kelganida yaxshilanardi. Bunday kunlarda bizga palov berishardi.
Shuhrat har doim qator bo‘lib yurishganini xotirlaydi: tushlikka, mashg‘ulotlarga, dushga, hojatxonaga. Bir kunda bir necha marta safga turishgan, ularda maʼmuriyat tarbilanuvchilar sonini sanashardi – hech kim qochib ketmaganligini aniqlash uchun.
Yozda qiyin bo‘lardi: harorat shunchalik baland bo‘lardiki, terida kuyishlar yuzaga kelardi, daraxtlar yo‘q edi, butun saf hovli bo‘ylab g‘ozqadam qilib yurar yoki yugurardi. Odatga ko‘ra “quloq” (Shuhrat ruscha “стукач” jargon so‘zini qo‘llagan – tahr.) buyruq beradi: “Tekislan! Rostlan! Qadam bos!”. Kimdir gapirsa u tepishi yoki shapaloq tortishi mumkin. Javob qaytarish esa mumkin emas – o‘zingga muammo orttirasan.
реклама
реклама
Avvaliga Shuhrat qarshilik qilardi, o‘qituvchilar bilan bahslashardi, o‘zining haqligini isbotlardi. Ular esa unga past nazar bilan qarab: «Sen shunchaki yangisan, hali tartiblarni bilmaysan», – deyishdi. Haqiqatdan ham, vaqt o‘tishi bilan tinchlanishiga, o‘zini bosib olishiga to‘g‘ri keldi.
Jazolash uchun karserga – kafel bilan qoplangan 2x2 xonaga qamab qo‘yishardi. Birinchi marta u yerga kelganimdan ikki hafta o‘tib tushdim. Mushtlashdim va uch kunga qamaldim. Asosiy vaqtimni tizzalab o‘tirgancha o‘tkazdim, oyoqlarim charchaganida kafelga o‘tirardim. Uzuq-yuluq uxladim. Karser qishda sovuq, yozda jazirama issiq bo‘lardi. Vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ladi. Nimanidir kuylardim,o‘z hayotimni laʼnatlardim.
Shuhrat bularning barchasini to‘pori soddalik bilan aytib beradi. Bolaligida baxtiyor lahzalar bo‘lganmikan – bilishni xohlayman. Biroq u uzoq sukutga ko‘mildi. Bo‘lishi kerak. Oilasini olib qarasak – el qatori: onasi «oq yoqali»lardan, buvisi va buvasi ziyoli insonlar, hech kim ichmasdi. Ammo uning yodiga boshqa xotiralar makkorlik bilan quyila boshlaydi: bola yomon baho olsa, uyiga borishga qo‘rqardi, chunki onasi kamar bilan savalardi. Katta bo‘lsa hammaning taʼzirini berib qo‘yish haqida xayol surardi.

«O‘sha yerda aslida kimga kerak ekanligimni tushunib yetdim. Birorta ham do‘stim meni ko‘rishga kelmadi. Umuman, onamdan boshqa hech kim kelmadi, biroq u buni qarindoshlari oldida uyalib qolmaslik uchun xo‘jako‘rsinga qildi. Shunaqa xayollar bilan yashayman, bu menga yordam beradi, kuch beradi».

Maxsus muassasadan chiqqan kuni Shuhrato‘zini uzoq yillardan beri ozodlikda bo‘lmagandek his etdi. Shaharda hamma narsa o‘zgargandi. U yana hamma narsaga ko‘nikishi kerak edi. Uyga qaytib, avvalovannani to‘ldirdi va u yerda uzoq yotdi. Hozir u ofisda ishlaydi va o‘tmishni eslamaslikka harakat qiladi. U oilasi, do‘stlari sog‘-salomat bo‘lishini va risoladagidek hayot kechirishini orzu qiladi.
«Ota-onalar farzandlarini bu kabi joylarga jo‘natishni bas qilishlarini xohlayman… O‘shanda onamga aytgandim, hozir ham takrorlayman: u yerda o‘smirlar battar buziladi… Men chiqqanimdan to‘rt oydan keyin Toshturmaga tushdim», – deydi Shuhrat tafsilotlarga berilmasdan.
O‘zbekistondagi BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) izohi
YUNISEF hukumatdagihamkorlari bilan ixtisoslashtirilgan taʼlim-tarbiya muassasalarida bolalar holatini baholadi. Baholash natijalariga ko‘ra, o‘spirinlarning bu kabi tashkilotlarga tushishlariga jinoyat sodir etish emas, balki «g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar» asosiy sabab bo‘ladi.

Bunga ko‘pincha bolalar oilalaridagi murakkab vaziyatlar, zo‘ravonlik, shafqatsiz muomala va eʼtiborsizlik, ota-onalar/vasiylarnazoratining yo‘qligi, oila aʼzolari o‘rtasidagi munosabatlarning yomonligi va oilaningmoddiy imkoniyatlari yo‘qligi sabab bo‘ladi.

Baʼzan ota-onalarning o‘zlari bolasi bilan umumiy til topa olmasliklari yoki uning hatti-harakatlariga dosh bermasliklariga ishora qilib, bolani yopiq muassasaga joylashtirishni so‘rashadi. Afsuski, baʼzi hollarda maktablar bolalarni bunday muassasalarga joylashtirish tashabbuskori hisoblanadi.
Ota-onalar ko‘pincha o‘z farzandlarini xohlagan vaqtlarida yopiq muassasadan olib ketishlariga ishonib xato qilishadi. Aslida o‘spirinni qaytarib olish uchun muassasa joylashgan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya qarori zarur.
Komissiya ota-onalarning arizasini ko‘rib chiqadi, shuningdek, o‘spirin o‘z hatti-harakatlarini tuzatgan-tuzatmaganini aniqlash uchun maxsus muassasa ichki komissiyasining xulosasini tinglaydi. Va faqat ushbu tomonlarning o‘zaro ijobiy xulosasi bilan o‘quvchi o‘z oilasiga qaytishi mumkin.
Yopiq tipdagi muassasalarda salbiy tajribaga ega bolalar ko‘p. O‘smirlarning xulq-atvori turli sabablarga ko‘ra murakkablashadi: oiladagi noqulay sharoit, ota-onalar alkogolizmi, jismoniy, emotsional, jinsiy zo‘ravonlik, shuningdek, oilada sog‘lom o‘sish va rivojlanish uchun bolaning asosiy ehtiyojlarini eʼtiborsiz qoldirish.
Bola hech qachon o‘z-o‘zidan,o‘ziga va boshqalarga jahl qilib o‘zini yomon tutmaydi. Bu hatti-harakatlar uning yordam so‘rab qilgan faryodlaridir. Shikastlangan bola o‘z his-tuyg‘ulari va hatti-harakatlarini tushuna olmaydi, hissiyotlar asirligida yashaydi. U ichki tuyg‘ulari taʼsirida yaqinlaridan ko‘rmagan g‘amxo‘rlik va mehr-muhabbatni qalb jarohatlari markazi tashqarisidan to‘ldirish yo‘llarini izlaydi. Ushbu bo‘shliq giyohvandlik va alkogolga qaramlikni keltirib chiqarishi ko‘p uchrab turadi.
O‘zlarining salbiy qarorlari, yondashuvlari va odatlarini ishlab chiqqan o‘ksik qalbli bolalar bilan yaqin aloqada bo‘lish bolaning dunyoqarashi va xulq-atvorida iz qoldiradi. Xulq-atvorni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun o‘spirinlar do‘stona tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari kerak. Ularning tashqi taʼsirlarga nisbatan chidamliligini oshirishga yordam berish, albatta, oilalardagi vaziyatni hamda ota-onalar va homiylarning o‘z farzandlariga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishlari muhimdir.
Bolalarni yopiq muassasalarga joylashtirish holatlarini kamaytirish uchun YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan bolalarni bunday muassasalarga joylashtirishning oldini olish, u yerda bo‘lganlarni reabilitatsiya qilish va oilalarni birlashtirish (reintegratsiya) bo‘yicha yaqin hamkorlik qilmoqda.

Profilaktika joylarda voyaga yetmaganlarni yopiq muassasalarga joylashtirishning oldini olish bo‘yicha mutaxassislar salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Reabilitatsiya bolalar taʼlim-tarbiya muassasasida bo‘lgan vaqtida amalga oshiriladi. U bolaga murakkabhatti-harakatlarni keltirib chiqargan muammolarni yengishga yordam berishga mo‘ljallangan. Ish o‘spirinning psixoemotsional holatiga mos ravishda olib boriladi va kasbiy ko‘nikmalar o‘rgatiladi, o‘qishida yordam beriladi.

Reintegratsiya jarayonida esa mutaxassislar oila bilan ishlaydilar. Ular bolaning uydan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan hamda keyinchalik noqonuniy yoki bolaning sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli vaziyatlarga olib kelgan muammolarni aniqlaydilar. Ushbu muammolarni hal qilish uchun oila va jamiyatdagi nosog‘lom muhitni o‘zgartirish, o‘spirin o‘z huquqlari va imkoniyatlarini tiklashi uchun kerakli yordamni topadigan g‘amxo‘rlik muhitini yaratish maqsadida yordam ko‘rsatiladi.
реклама
реклама
Bizning maqsadimiz - bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirishga yordam berish va yoshlarga o‘z holatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirishlari uchun ko‘maklashish. Yopiq muassasani tark etgandan so‘ng ular qiyin hayotiy vaziyatni yengishga qodir bo‘lishlari muhimdir. Bu qiyin ish, chunki ko‘pincha yopiq muassasalardagi bolalarning muammolari ularning oilalaridagi vaziyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Oilaviy muammolarni birgalikda hal qilish uchun tor mutaxassislar bolaning o‘zi, uning ota-onasi va boshqa oila aʼzolari, shuningdek, mahalliy hamjamiyat bilan intensiv ishlashi zarur.
Xalqaro amaliyotga ko‘ra, oila bilan ishlash bola muassasadan qaytguniga qadar amalga oshirilishi kerak. Oila uning qaytishiga tayyor bo‘lishi kerak. Bolaning murakkabhatti-harakatiga sabab bo‘lgan muammolarni hal qilish kerak. Agar bu amalga oshmasa, unda qayta integratsiya bo‘lmaydi va bolaning yana uydan chiqib ketishi ehtimoli katta bo‘ladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda biz bolalarni qayta integratsiya qilishning individual rejalarini tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdik.

Agarda bolani oilasiga qaytarib berish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, muqobil variantlarni: bolaga vasiylik/homiylik/patronatni rasmiylashtira oladigan qarindoshlari yoki tanishlarinitopish kerak bo‘ladi.

Bolaning va oilaning muammolari hal bo‘lguncha ish davom etishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, oilalar va bolalar vaziyatni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan barcha xizmatlardan foydalanishlari kerak.

Biz Mahalla vazirligi bilan ishlab, fuqarolar yig‘ini raisining oilalar va ayollar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari oilalar va bolalarga xizmatlar ko‘rsatilishinimuvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘lgan mexanizmni ishlab chiqdik.

Ularning oilalar bilan ishlash va yordam ko‘rsatish bo‘yicha sifatini Mahalla vazirligining tuman va viloyat bo‘limlari mutaxassislari monitoring qilib borishlari kerak.
Matnni Yekaterina Soy tayyorladi.
Illyustratsilar: Eldos Fazilbekov / “Gazeta.uz”
Materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar muallif va “Gazeta.uz” nashriga tegishli. www.gazeta.uz saytiga joylashtirilgan va “Gazeta.uz”ga tegishli foto-, grafik va boshqa materiallardan uchinchi shaxslar tomonidan har qanday ko‘rinishda foydalanish taqiqlanadi.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting