Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Shoazim Minovarov prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu xaqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shoazim Minovarov 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori lavozimiga tayinlangan.

Toshkent Fransuz alyansiga tashkil etilgan 2015 yildan buyon rahbarlik qilgan. Tajribali diplomat va tarjimon sifatida e’tirof etilib, frunsuz hukumatining «Xizmatlari uchun» kavaler ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Shoazim Minovarov turli yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, prezidentining Davlat maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shoazim Minovarov — «Mustaqillikning 15 yilligi» ko‘krak nishoni va «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov 2021 yil 7 may kuni vafot etgan edi.