Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar berdi O‘zA.

U bungacha Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sariosiyo tumani hokimi O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.