Austrian Airlines ayni paytda Avstriyadan Xitoyga bo‘lgan parvozini Belarus osmonini kesib o‘tmasdan amalga oshirmoqda. Xitoy va Rossiya aviakompaniyalari esa parvozlarni oldingidek yo‘l orqali, o‘zgarishlarsiz davom ettirmoqda.


Shuningdek, yaqinda Uzbekistan Airways Belarus osmoni orqali HY3551 parvozini amalga oshirdi.


Avvalroq Litvada Belarus havo hududi orqali havo qatnovlarni taqiqlangani haqida xabar bergan edik.

Bu Belarus hukumatining Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair samolyotini Minskka majburiy tarzda qo‘ndirib, Telegram’dagi Nexta kanalining (Belarusda ekstremistik deb tan olingan) asoschisi Roman Protasevichni hibsga olgani uchun Yevropa mamlakatlarining munosabatidir.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Belarusning «Belavia» aviakompaniyasi samolyotlarini hamjamiyat mamlakatlari aeroportlariga qo‘nishini taqiqlashi mumkin.

Shuningdek, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Belarus hududi bo‘ylab parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi arizani qabul qildi.

Buyuk Britaniyada aviakompaniyalarga Belarus ustidan uchib o‘tmaslik talabi qo‘yildi hamda «Belavia» aviakompaniyasiga Buyuk Britaniya hududiga qo‘nish taqiqlab qo‘yildi.

Shu bilan birga, Yevropaning bir qator yirik aviakompaniyalari, jumladan, KLM (Niderlandiya), Air France (Fransiya), SAS (Shvetsiya), LOT (Polsha), Wizz Air (Vengriya), Air Baltic (Latviya), Singapore Airlines Belarus orqali uchishdan bosh tortishdi.

Ukraina hukumati yarim tundan boshlab Belarus bilan havo qatnovlarini to‘xtatishini ma’lum qildi. Shuningdek, Fransiya hukumati ham aviakompaniyalarni Belarus orqali uchmaslikka chaqirmoqda.