O‘zbekiston va Rossiyaning qishloq xo‘jaligini moliyalashiruvchi yirik banklari «Agrobank» ATB va «Rosselxozbank» AJ o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.

Xususan, mazkur bank mas’ullari ishtirokida «Fermerlar maktabi», «Raqamli ekotizim» va «Agrosanoat majmuasining eksport qilishini qo‘llab-quvvatlash» yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.


«Rosselxozbank» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Kirill Levin va «Agrobank» ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Qahhorov banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolashdi.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, eksport va importni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligiga bank xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy ekotizimlarni tadbiq etish bo‘yicha joriy imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tashqi savdoni moliyalashtirish, Rossiya va O‘zbekiston rezidentlari o‘rtasida pul o‘tkazmalari va operatsiyalar, NTPRo savdo maydonchasi doirasida konversion operatsiyalarini amalga oshirish uchun korrespondentlik aloqalari o‘rnatildi.

Reklama huquqlari asosida.