24 may, dushanba kuni respublikaning janubi-sharqiy qismi baland siklon ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +29…+34 daraja atrofida bo‘ladi.

25 mayda baland siklon ta’siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 17−22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 maydan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati +34…+37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +38…+40 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +5…+8 darajaga ko‘p bo‘ladi, deya qayd etmoqda sinoptiklar.

O‘zgidromet 24−27 may kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.