25 may soat 10:00 dan 27 may soat 06:00 gacha Toshkent shahar Yashnobod va Mirobod tumanlaridagi ichimlik suvi tarmoqlarida bahorgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan bir qator manzillarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yashnobod tumanida:

  • «Katta Olmos», «Iqbol», «O‘rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo‘yliq», «Qo‘yliqobod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo‘rg‘on», «Behizor», «Bunyodkor», «Yanginur», «Oydinko‘l», «Shohimardon», «Katta Yangiobod», Shohsanam, Nodira, «Donishmand», «Xosiyatli», «Yangidavr» mahallalarida;
  • Uysozlar va Uysozlar tor ko‘chalarida, Tolariq va Tolariq tor ko‘chalarida, Mumtoz va Mumtoz tor ko‘chalarida, Ohangrabo va Ohangrabo tor ko‘chalarida, Tabibiy va Tabibiy tor ko‘chalarda, Tabassum va Tabassum tor ko‘chalarida, Latofat va Latofat tor ko‘chalarda, Bunyodkor va Bunyodkor tor ko‘chalarida, Nigora va Nigora tor ko‘chalarida, Shohsanam va Shohsanam tor ko‘chalarida, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko‘chalarida;
  • To‘yona 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9 — dahalarida, Qo‘yliq mavzesida, Uysozlar mavzesida.

Bektemir tumanida:

  • Abay, «Bektemir», «Oltintopgan», Husayn Boyqaro, «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalarida;
  • Porloq ko‘chasida, Suvsoz-1, 2 dahalarida.

Mirobod tumanida:

  • Qo‘yliq ota, Barotxo‘ja, «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo‘yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida;
  • Qo‘yliq — 1, 2, 3, 4 dahalarida;
  • Fayziobod, Bilimdon ko‘chalarida.

Sergeli tumanida:

  • «Qo‘shqo‘rg‘on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor», «Madaniyat», Shukur Burxonov mahallalarida.

Sergeli tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

  • «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So‘g‘diyona», «Daryo bo‘yi», «No‘g‘ay Qo‘rg‘on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», Yo‘ldosh, «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», Habibiy, «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», Marxamat mahallalarida.

Yangixayot tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:

  • «Olchazor», «Charag‘on», «Do‘stlik», «Yorqin» mahallalarida

Shuningdek, Bektemir tumanidagi «Vodnik» qozonxonasi, Sergeli tumani 8-sonli va «Sanoat qurilish» qozonxonalari, Mirobod tumani 6-sonli qozonxonaga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan ushbu qozonxonalar faoliyati ham 3 kun muddatga to‘xtatiladi, deyiladi xabarda.