Yuqori sifatli ta’lim, ayniqsa chet elda — bu muvaffaqiyatli karera, hayotda o‘z o‘rnini topish va farovon kelajak garovidir. Chet elda o‘qish ko‘plab savollar va qo‘rquvlarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, hozir, masofaviy ta’lim olishga to‘g‘ri kelishi yoki o‘qishga ketishning imkoni bo‘lish-bo‘lmasligi mavhum bo‘lib turgan bir paytda.

Universe Group «Dunyoning yetakchi OTMlariga kirish to‘g‘risida barcha ma’lumot» mavzusidagi bepul seminarga taklif etadi. Unda taklif qilingan mehmon — Nikita Shileyev ishtirokchilarni qiziqtirgan hamma savollarga javob beradi.

Seminar кимлар uchun mo‘ljallangan

U qabul va o‘qish haqidagi barcha ma’lumotlarni bilishni istagan shuningdek, OTM va ta’lim dasturini tanlamoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari, talabalar va ularning ota-onalari uchun foydali bo‘ladi.

Seminar o‘tkaziladigan sana

26 may, soat 10:00 dan 18:00 gacha. Har bir soat oralig‘ida 20 ta o‘rin mavjud.

Manzil

Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi. Ishtirok etish uchun bepul ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ko‘p beriladigan savollarga javoblar va keyslar tahlili Universe Group Telegram kanalida joylashtiriladi.

Seminar dasturi:

  • nufuzli xorijiy OTMlarga tayyorgarlik ko‘rish va kirish bosqichlari;
  • COVID-19 pandemiyasi davrida ta’lim olishning xususiyatlari;
  • o‘qish paytida va o‘qishdan keyin ish bilan ta’minlanish;
  • hozirda mehnat bozorida talab kuchli bo‘lgan va yaqin kelajakda ham talab susaymaydigan mutaxassisliklar;
  • talabalar uchun global imkoniyatlar, stipendiyalar, grantlar va chegirmalar;
  • savol-javob va keyslar tahlili.

Tashkilotchi

Universe Group — 7 yillik tajribaga ega chet elda ta’lim olish bo‘yicha konsalting kompaniyasi, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yevropa va Kanadadagi 117 dan ortiq OTMlarning rasmiy vakili.

Ishtirokchi

Navitas Ltd — 1994 yilda tashkil etilgan xalqaro OTMlar assotsiatsiyasi xisoblanadi. Universitetga kirishga tayyorgarlik ko‘rish sektorida yetakchi bo‘lib, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Gollandiya, BAA, Singapur OTMlari va boshqa nufuzli universitetlarning hamkori.

Universe Group hamkorligida Buyuk Britaniyada o‘qish uchun ariza topshirgan abituriyentlar nimalarga ega bo‘ladi:

  1. Dasturning individual tanlovi. Kompaniya xodimlari talabani shaxsiy istaklari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda OTM va o‘quv dasturini tanlab beradilar.
  2. Amaliy ko‘nikmalarga qaratilgan e’tibor. Birinchi kursdan boshlab talaba kelajakdagi ish beruvchiga nima kerakligini biladi va faqat muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
  3. Viza kafolati. Viza olishda rad etilish ehtimoli 10% dan kam. Ammo agar shu kabi holat sodir bo‘lsa, talabaga o‘qishga sarflagan barcha pullar kafolatli qaytarib beriladi.
  4. Yuqori darajadagi ingliz tili. Ingliz tilida tahsil olish va til tashuvchilari bilan muloqot — tilni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu ingliz tilidagi ko‘plab adabiyotlar va asosiy ma’lumot manbalaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.

«Dunyoning yetakchi OTMlariga kirish to‘g‘risida barcha ma’lumot» seminariga ro‘yxatdan o‘tish bepul. Ko‘plab beriladigan savollarga javoblar va keyslar tahlili bilan Telegram-kanali havolasi orqali tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71−209−93−00.

Toshkentdagi ofis manzili: Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markaz.

Samarqanddagi ofis manzili: Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 4, Hamkor Business Center.

Sayt: universegroup.uz

E-mail: info@universegroup.uz

Facebook: fb.com/universegroupeducation

Telegram: t.me/universe_group

Reklama huquqlari asosida.