«Gazeta.uz» Toshkentning Yunusobod tumanidagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun qaysi kompaniyalar tanlab olinganini aniqlandi.

Majmua va avtomobillar turar joyini rekonstruksiya qilish rejasi aprelda ma’lum qilingan edi. Poytaxt hokimligi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini shu yili amalga oshirish ko‘zda tutilganini xabar qilgandi. Biroq, hujjat ochiq manbalarda keltirilmagan («Gazeta.uz»ning ikkita manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, hujjat XDFU — xizmat doirasida foydalanish uchun toifasiga ega).

Hokimiyat Qatag‘on qurbonlariga yodgorlik sifatida qurilgan rotondani «daraxtlarga zarar yetkazmasdan» qayta qurilishini va ularning nomlari yozilgan ramziy kitob o‘rnatilishini va’da qildi. Bundan tashqari, muzey xodimlari uchun alohida ma’muriy bino, qolaversa, maishiy xizmat binolari, do‘konlar, kafe va ochiq amfiteatr bunyod etiladi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov majmua «ayanchli ahvolda» ekanini ta’kidladi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, majmua hududida yangi piyodalar va velosiped yo‘llari, katta avtoturargoh qurilib, velosiped ijarasi yo‘lga qo‘yiladi. Aprel oxirida majmuaning tahminiy rekonstruksiya loyihasini e’lon qilgan edik.

Loyihada ishtirok etadigan kompaniyalar haqidagi ma’lumotlar davlat xaridlari portalida e’lon qilindi. Ular Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasining qurilish loyihalari manzilli рўйхатида keltirilgan. Loyiha hokimiyat byudjetidan ortiq bajarilgan daromadlari qismi hisobidan moliyalashtiriladi.

Majmuani rekonstruksiya qilish, shu jumladan, rotondani, Qatag‘on qurbonlari nomlari aks etgan ramziy kitob yaratish, muzey xodimlari uchun ma’muriy bino qurish, chakana savdo uchun tanlangan savdo nuqtalari, ochiq amfiteatr, Wi-Fi zonasini tashkil etish va boshqa inshootlarni Mimar Group kompaniyasi amalga oshiradi. Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni o‘zini rekonstruksiya qilish uchun esa Ijod-Ijod xususiy korxonasi tanlangan.

Ushbu kompaniyalarni tanlash uchun asos qilib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 178-sonli buyrug‘i ko‘rsatilgan. Xuddi shu hujjat bilan 2021-yilning 1-sentabriga qadar qurilish-montaj ishlarini loyihalash-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirishga ruxsat berilgan. Ob’ektlarning qiymati loyihalash-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng aniqlanadi.

Taqqoslash uchun xuddi shu ro‘yxatdan: Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi uchun ma’muriy binoni rekonstruksiya qilish va qurish bilan shug‘ullanadigan kompaniya 2020 yil 4 dekabrdagi tender protokoli asosida aniqlangan.

Me’morial majmua va muzeyni rekonstruksiya qilish ishlari qiymati hozircha ma’lum emas, biroq ro‘yxatda 2021 yili majmuaga jami kapital qo‘yilmalar miqdori — 5,6 mlrd so‘mni, muzeyniki esa — 4,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Mimar Group haqida


Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarга ko‘ra, MIMAR Group — xususiy qurilish kompaniyasiga 2020 yili asos solingan bo‘lib, yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishga — turar joylar qurilishidan tortib, sanoat va ijtimoiy ob’ektlarni qurishga ixtisoslashgan.

KTYADRga muvofiq, kompaniya o‘tgan yilning iyulida ro‘yxatga olingan. Asosiy faoliyat turi — turarjoy binolarini qurishdan iborat. Ta’sischilar etib, Alisher Abdubasitovich G‘aniyev (56,75%) va Kozimbek O‘tkirovich Yaminov (43,25%) ko‘rsatilgan, rahbari — Feruzbek Davronov.

Kompaniya shuningdek, 71 gektar maydonda Tashkent INDEX savdo-ishlab chiqarish majmuasi kompleksini qurish loyihasini ham amalga oshirmoqda.

Ijod-Ijod kompaniyasi haqida


KTYADRga muvofiq, bu xususiy korxona sifatida 1996 yili ro‘yxatga olingan. Asosiy faoliyat turi — noturarjoy binolarini qurishdan iborat. Ta’sischisi sifatida Alisher Rahimovich Rahmonov ko‘rsatilgan (100%). Rahbari esa — Baxtiyor Rahmonov.