Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi

24 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshni qarshiladi. O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

«Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi bilan kim shug‘ullanadi?

Vazirlar Mahkamasining buyrug‘i bilan tendersiz «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish Mimar Group kompaniyasiga, qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ta’mirlash esa Ijod-Ijod kompaniyasiga berilgan. Ularga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat etildi.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib Iqboljon Ergashev tayinlandi. Viloyat hokimining yana bir o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Holiqov bo‘ldi.

Toshkentning bir necha tumanlarida ichimlik suvi va issiq suv o‘chiriladi

25 maydan 27 mayga qadar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangixayot tumanida suv bosimi kamayadi.

«Toshkent teleminorasining bayrog‘i yonib ketmagan». Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari — video

Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shahar ko‘chalari suvga to‘ldi. Yomg‘ir suvi yo‘lovchi avtobuslari ichiga ham kirib ketgan. Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari yotoqxonasi ichiga yomg‘ir suvi o‘tib ketgani ham aytilmoqda. Shuningdek, Toshkent teleminorasini chaqmoq urdi.

Qashqadaryoda tibbiyot xodimlariga majburan o‘t yuldirildi

Shahrisabzda bir guruh tibbiyot xodimlari majburiy ishga jalb qilindi. Shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri ma’muriy jarimaga tortildi.

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi

Prezident shu hafta «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi. Davlat rahbari 30 may kuni Janubiy Koreyadagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan yolg‘iz onalarning farzandlari bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi

Bolalarni davlat bog‘chalariga qabul qilish reglamenti yangilandi. «Ayollar daftari» ga kiritilgan yolg‘iz onalar farzandlariga imtiyozli navbatga ega bo‘lish huquqi belgilandi.

Samarqandda elektr tarmog‘idagi uzilish sabab tramvay ikki soatga to‘xtab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay elektr tarmog‘idagi uzilish sabab to‘xtab qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib harakatga keltirilgani yuzasidan izoh berildi. Unda ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar tramvay boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun itarib, chorrahani bo‘shatib qo‘yishga ko‘maklashishgan.

Angrendagi yirik avariyada 7 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi

Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN yuk mashinasi va yettita yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 14 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi

Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.

Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi

15 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi. Aviakompaniyaning xabar berishicha, bu qaror qulaylikni ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.