23 may kuni Namanganda an’anaviy Xalqaro gullar festivali boshlandi. Joriy yilda 1961 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan festivalning yubileyi noshonlanadi.

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirlarda 150 nafardan ziyod florist tadbirkor hamda 300 nafardan ortiq havaskor gulchilar qatnashishi kutilmoqda.

Joriy yilda festival tarixida ilk bor 10 million tup gul ko‘chatlari o‘tqazilishi kutilmoqda.

Tadbir gullar bilan bezatilgan avtomobillar paradi bilan boshlandi. Unda rang-barang gullar bilan naqshinkor ko‘rinishda bezatilgan 150 dan ortiq transport vositasi, avtomobillar va mototsikllar Namangan ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Ular orasida kombaynlar, traktorlar, avtokranlar va harbiy texnikalarni ham ko‘rish mumkin.

Shuningdek, tadbir doirasida ko‘rgazmalar, moda namoyishlari, qo‘l san’atlari yarmarkalari, afsonalar vodiysi bog‘idagi gala-konsert va boshqalar bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Gollandiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi davlatlardan mehmonlar taklif etilgan.

Festival 31 mayga qadar davom etadi.

Foto