Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qulupnaydan tayyorlangan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qulupnay va shokoladli tart


Juda original va noodatiy ko‘rinishli tartni oq va qora shokoladdan tayyorlab ko‘rdik. Ustini esa mavsumga qarab, har xil mevalar, shu jumladan qulupnay bilan bezatish mumkin.

Qulupnayli pechenelar


Og‘izda erib ketuvchi qulupnayli pechenelar. Bunday pishiriq ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasizdir.

Pishirishni talab etmaydigan qulupnay va tvorogli tort


Oson tayyorlanadigan qulupnay va tvorogli tort. Bundan yaxshiroq yana nima bo‘lishi mumkin? Ushbu desert aniq sizning sevimli shirinliklaringiz orasidan joy oladi.

Qulupnayli trayfl


Qulupnaylik trayfl bir necha daqiqada tayyor bo‘ladigan xushbo‘y ajoyib shirinlikdir. Ta’tib ko‘rishni istaysizmi? Ushbu ideal desert ortiqcha urunishlarsiz oddiy masalliqlardan tayyor bo‘ladi.

Qulupnayli semifredo muzqaymog‘i


Semifredo — ham sufle, ham muzqaymoqqa o‘xshash italyancha muzqaymoq bo‘lib, oddiy masalliqlardan tayyorlaniladi. Shirinlikni sevib iste’mol qiluvchilar uchun jazirama kunlarda bunday muzqaymoq ayni muddao bo‘lishi aniq.

«Magnoliya» shirinligi


Bu shirinlikni tayyorlashda xohlagan mevalaringizdan foydalanishingiz mumkin. Biz uni qulupnaydan tayyorladik. Kunlar isishni boshlaganda bu yaxna shirinlik ayni muddaodir.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15